Yil boşidan buyon Örta Yer dengizida ming nafardan ortiq inson halok böldi yoki bedarak yöqoldi. Bu haqda migratsiya böyiça Xalqaro taşkilot juma kuni ma'lum qildi.

28 aprel holatiga köra, migratsiya böyiça Xalqaro taşkilot Örta Yer dengizida 1089 nafar migrant va qoçqin halok bölgani yoki bedarak yöqolganini röyxatga oldi. Şu bilan birga, Yevropaga yil boşidan beri dengiz orqali 43 ming 357 nafar inson bordi.

Eng köp insonlar aprelda halok bölgan – 427. Şu bilan birga, bu raqamlar 2015 yilning apreliga qaraganda uç marotabaga kamroq – 1222 kişi.

Taşkilotda ta'kidlaşlariça, 2017 yilning birinçi tört oyi davomida kelgan migrantlar içida halok bölganlar miqdori 2,5 foizga teng bölgan. 2016 yilning şu davrida esa ölim darajasi 1,4 foizni taşkil qilgandi.