Nobel tinçlik mukofoti laureati Vangari Maatai şunday degandi: «Biz daraxt ekib, tinçlik va umid uruğlarini ham qadaymiz». Haqiqatdan ham, tabiatdagi muvozanatni faqatgina yangi ösimliklarni ekib, tiklaş mumkin – sababi ular kelajakda bizga havo, soya va salqinlik bera oladi.

Butun dunyo böylab ekologik vaziyatni yaxşilaş uçun katta işlar amalga oşirilmoqda. Bizning mamlakat ham bundan çetda qolgani yöq. 9 aprel kuni Murad Buildings «Mening yaşil Özbekistonim» aksiyasini işga tuşirdi, u yuzlab kişilarni bir maqsad atrofida birlaştirdi.

Aktsiya juda oddiy: daraxt ekib, suratni öz sahifasida joylaştiriş, söngra izohlarda u bilan bölişiş talab etiladi – şunda siz aksiya iştirokçisiga aylanasiz hamda Samsung Galaxy A5 7 ta smartfonlaridan birini yutib olişingiz mumkin edi.

Loyiha öziga juda köp insonlarni jalb etdi: aksiya haqidagi videoning özi Feysbukdagi sahifada 50 ming marotaba körilgan. Maqola yozilayotgan paytda post mingdan ortiq «reaksiya», 545 izoh va 362 fikr bildirişni öziga yiğdi, eng asosiysi – insonlar aksiyani nafaqat virtual reallikda, balki haqiqiy hayotda ham qöllab-quvvatlaşdi.

Atigi 7 kun içida 10 mingdan ortiq köçat ötqazildi, ularning 1500 tasi Murad Buildings’dan bepul olindi. Köpçilik qatnaşçilarning tan olişiça, daraxt köçatlarini birinçi marotaba ötqazayotganlari yöq hamda aksiya ular uçun buni qilişga yana bir turtki böldi.

Bir neça ming iştirokçidan faqatgina 243 kişi fotosuratni joylaştirdi, bu esa, kişilar uçun sovğa oliş emas, balki aynan şu işni qiliş muhimroq bölganini körsatadi. Ular orasidan tasodifiy raqamlar orqali 7 nafar baxtli kişi tanlab olindi, ular va'da qilingan Samsung Galaxy A5 smartfonlarini olişdi.

 «Şunday gap bor: har bir erkak öz umri davomida daraxt ötqazişi, uy qurişi va öğilni voyaga yetkazişi kerak. Men turli aksiyalarda köp qatnaşaman, biroq hozirga qadar heç narsa yutib olmagandim. Endi esa orzular haqiqatdan ham uşalişining guvohi böldim!» - deydi aksiyada telefon yutib olgan Murod S.

«Men şunçaki köçat sotib oldim, öz uyim oldida uni ötqazdim, biroq nimagadir umid qilmagandim. Tasodifan videoda telefon yutganimni körib qoldim. Biz mamlakatimizni kökalamzorlaştirişimiz mumkin ekani hamda bunga qöşimça tarzda sovğa olişim - bu ajoyib»  - deydi tanlovning boşqa bir ğolibi Anton Ş.

«Feysbukdagi postni tasodifan körib qoldim hamda menga nafaqat sovğani oliş, balki şaharni kökalamzorlaştirişda iştirok etiş qiziq tuyuldi. Öylaşimça, bu yaxşi iş», - deydi Yelena M.

Taşkilotçilarning sözlariga köra, ular mamlakat aholisining uşbu tadbirda faol iştirok etganidan ijobiy tarzda hayratga tuşişgan va şunga öxşaş ekologik aksiyalarni doimiy ravişda ötkazişni rejalaştirişmoqda. Biz esa şunday aksiyalarni köproq amalga oşiriş tarafdorimiz, sababi umumiy uyimiz kun sayin yanada yaşil bölib, çiroy oçib boraveradi.

Reklama huquqi asosida