Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga Ikkinçi Jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 72 yilligi munosabati bilan tabrik maktubi yölladi. Bu haqda Kreml ma'muriyati saytida xabar qilingan.
Unda ta'kidlanişiça, 9 may qutluğ sana bölib, butun insoniyat va Vatanni faşizm balosidan qutqariş uçun frontda hamda front ortida yelkama-yelka, bir tan-u bir jon bölib kuraşgan ota va bobolarimiz qahramonliklarining timsolidir.
Vladimir Putinning alohida qayd etişiça, tarixni har qanday körinişda özgartiriş, faşizm va natsizmning jinoiy qilmişlarini oqlaşga bölgan urinişlarga qarşi birgalikda kuraşiş – mudhiş uruşda halok bölganlar va qatnaşgan askarlar xotirasiga eng yaxşi hurmat bajo keltiriş böladi.
Vladimir Putin, şuningdek, Şavkat Mirziyoyevdan uruş faxriylari va front ortida mehnat qilganlarga ta'zimini yetkazib qöyişni sörab, ularga mustahkam soğliq, uzoq umr va farovonlik tilab qolişini bildirgan.












