Ispaniyada doimiy tarzda ötkaziladigan yoşlar musobaqasidan birida öziga xos natija qayd etildi.
14 jamoa qatnaşgan musobaqada qatnaşgan jamoalardan biri qizlar jamoasi edi. Oxir-oqibat 13ta öğil bolalar jamoasidan ustun kelgan şu jamoa çempion böldi. Jamoaning 13 yoşli hujumçisi va sardori Andrea Gomeş esa turnir töpurariga aylandi. Bu haqda The New York Times reportajida yozilgan.
«Men doim futbol faqat öğil bolalar uçun emasligini isbotlaşni xohlaganman. Agar senda texnika yaxşi bölsa, qiz bola bölsang ham futbol öynaşing mumkin», deydi Andrea.


«AYeM Lleida» jamoasi murabbiyning aytişiça, uning şogirdlari qizlar örtasidagi musobaqalarda katta farq bilan ğalaba qozonaverişganidan keyin öğil bolalar bilan öynaşga qaror qilgan.
«Bu işga jamoaning ösişi uçun qöl urilgan», deydi murabbiy.

Musobaqaning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan Andrea kelajakda ayollar futboli rivojlangan joylarda futbol öynamoqçi ekanini va bu boradagi eng qulay joy AQŞ ekanini ta'kidlagan.










