Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat taşrifi doirasida siyosiy va iqtisodiy sohalarda muhim kelişuvlarga erişildi, hamkorlikning istiqbolli yönalişlari böyiça qator hujjatlar imzolandi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Ikki davlat rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi uçraşuvidan söng hujjat imzolaş marosimi bölib ötdi. 

Uçraşuvlarda özaro hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş, bunda ikki davlatning mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar böyiça pozitsiyasi bir xil yoki öxşaşligi muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi. 

Muzokaralar yakunida Şavkat Mirziyoyev va Si Tszinpin Özbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi örtasidagi Qöşma bayonotni imzoladilar. Hukumatlararo texnikaviy hamkorlik töğrisidagi, xalqaro avtomobil qatnovi töğrisidagi bitimlar, umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini oşiriş, soğliqni saqlaş sohasini asbob-uskunalar bilan jihozlaşga doir loyihalarni moliyalaştiriş töğrisidagi hukumatlararo notalar almaşinuvi hamda veterinariya va ösimliklar inspeksiyasi karantini sohasida Anglaşuv memorandumi, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yeklari örtasidagi hamkorlikni rağbarlantiriş böyiça Anglaşuv memorandumi, qişloq xöjaligi sohasida 2018-2020 yillarga möljallangan idoralararo almaşinuv hamkorlik rejasi kabi qator muhim hujjatlar imzolandi. 

Erişilgan kelişuvlar Özbekiston – Xitoy munosabatlarini yanada rivojlantiriş va ikki mamlakat xalqlarining farovonligini yuksaltirişga xizmat qilişi alohida qayd etildi.