Xitoyning COMAC kompaniyasi işlab çiqargan C919 yölovçi samolyotining yangi modifikatsiyasi Şanxay osmonida ilk bor parvoz qildi. Biroq bu tor fyuzelyajli samolyotlar bozoridagi hozirgi tendensiyalarga qarab kutiş mumkin bölgan uzaytirilgan versiya emas edi.
Aksinça, xitoylik işlab çiqaruvçi dunyodagi şaroiti eng murakkab ayrim baland toğli aeroportlarda foydalanişga möljallangan modifikatsiyani yaratiş uçun samolyot fyuzelyajini qisqartirdi.
Bunday qaror alohida eʼtiborga loyiq. Airbus A321neo modeli bilan ulkan muvaffaqiyatga erişdi, undan ança kiçik A319neo modeliga esa talab sezilarli darajada past. Boeing kompaniyasida ham şunga öxşaş holat kuzatilmoqda: 737 MAX oilasining yirikroq modifikatsiyalari qatordagi eng ixçam modeldan köra ommaboproq bölib çiqdi.
Şunga qaramay, C919 asosida yaratilgan modellar orasida parvoz sinovlariga birinçi bölib aynan kiçraytirilgan samolyot kirişdi. Bu COMAC asosiy C919 versiyasini işlab çiqariş hajmini oşirişda qiyinçiliklarga duç kelişda davom etayotgan bir paytda yuz bermoqda. Nega kompaniya çeklangan muhandislik va işlab çiqariş resurslarini ixçamroq layner yaratişga yönaltirişga qaror qildi va nega aynan hozir? Gap şundaki, xitoylik aviasozning ustuvor maqsadlari biroz boşqaça.
Airbus va Boeing uçun samolyotlar oilasini rivojlantiriş, avvalo, tijoriy manfaatlar bilan belgilanadi. Turli modifikatsiyalar işlab çiqaruvçilarga bozorning bir neçta segmentini qamrab oliş va ayni vaqtda işlanma xarajatlarini umumiy platforma asosida yaratilgan samolyotlar örtasida taqsimlaş imkonini beradi.
2026-yil iyun holatiga köra, Airbus A320neo oilasi böyiça buyurtmalar portfelining qariyb 75 foizi A321neo hissasiga töğri kelgan. Boeing kompaniyasida esa 737 oilasining buyurtma qilingan, ammo mijozlarga hali yetkazib berilmagan samolyotlari orasida yirikroq 737 MAX 9 va MAX 10 modellarining jami uluşi 36 foizni taşkil etgan. Kiçikroq 737 MAX 7 hissasiga esa atigi 6 foiz töğri kelgan.
COMAC ham tijoriy omillarni hisobga oladi. Biroq C919 oilasini rivojlantirişdan yana bir maqsad - mamlakat sanoati oldidagi vazifalarni hal etiş közlangan. C919 samolyotiga 2022-yil sentabrda tur sertifikati berilganidan söng, Xitoy işlab çiqariş hajmini oşiriş va samolyotlar oilasini kengaytirişni davlat siyosatining ustuvor yönalişlari sifatida rasman belgiladi. COMAC 2023-yil iyundagi bayonotida öz strategiyasini «uçta asosiy vazifa» atrofida şakllantirdi: işlab çiqariş surʼatlarini oşiriş va samolyotlar oilasini kengaytiriş, texnologik mustaqillikka erişiş, şuningdek, xavfsizlik va işonçlilikni taʼminlaş.












