Hindiston poytaxti Dehlida ötayotgan sport kuraşlari böyiça Osiyo çempionatida erkin kuraş böyiça 74 kg gaça vazn toifasida iştirok etayotgan özbekistonlik Bekzod Abdurahmonov Osiyo çempioni unvonini qölga kiritdi. U final bahsida qirğizistonlik raqibi Muslim Yevlayevdan ustun keldi.  

Foto: MOQ matbuot xizmati

Şuningdek, yana bir hamyurtimiz, 97 kg gaça vazn toifasida iştirok etayotgan Magomed Ibragimov ham oltin medal sohibiga aylandi. Nomdor kuraşçimiz finalda eronlik raqibi Husayn Lutfali Şahbozigazvarni 6:4 hisobida mağlub etdi.

Foto: MOQ matbuot xizmati

Şuningdek, yunon-rum kuraşçilarimiz Mömin Abdullayev (130 kg) va Rustam Assakalov (98 kg) bronza medallarini qölga kiritdilar. 

Dehlidagi Osiyo çempionati yakuniga yetgandan söng özbekistonlik kuraşçilarning bir qismi  IV  “Islom birdamlik öyinlari”da iştirok etiş uçun Bokuga kelişadi.

Foto: MOQ matbuot xizmati