Madridning «Real» klubi Ispaniya çempionatida ğolib çiqsa, «Malaga»ga yarim himoyaçi Isko transferi böyiça bonus sifatida 1 mln. yevro tölab beradi.
Bunday band Iskoning 2013 yilda amalga oşirilgan transferida belgilab qöyilgan. «Real» «Malaga»ga öyinçi jamoaga ötganidan söng beş yil davomida yutib olingan har bir Ispaniya çempionati uçun 1 mln. yevrodan tölab berişga rozi bölgan.
Eslatib ötamiz, «Real» 37 turdan söng Primera turnir jadvalining birinçi örnini egallab turibdi hamda «Barselona»ni 3 oçkoga ortda qoldirmoqda.
«Real» Ispaniya çempionatining sönggi turida 21 may kuni aynan «Malaga» bilan uçraşadi.
Isko joriy mavsumda öz klubi safida 40 ta öyin ötkazdi hamda 11 gol kiritib, 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.












