Har qanday inson hayotida yangi uy quriş, köçib kiriş, Vatan içra öz Vataniga ega böliş baxt sanaladi. Şu jihatdan yurtdoşlarimiz yangi uy - joy qurişga azaldan alohida mehr bilan qaraydi. 

Bugun Özbekiston böylab namunali tipdagi yangi uy-joylar quriş jadal sur'atda ösib bormoqda. Biroq muammo, kamçiliklar ham talaygina. Kun.uz elektron manziliga kelgan murojaatlardan birida ayni şu haqda ma'lum qilingan. 

Toşkent viloyati, Örta Çirçiq tumani, Qöqonovul massivida bunyod etilgan namunali tipdagi uylarda istiqomat qiluvçi 46 xonadon egasi bugun hadik va xavotir bilan yaşamoqda. Gap şundaki, uşbu uylarning şundoq yonida, taxminan 30-40 gektar yer maydonida şoli ekiladi. Qariyb bu muammo bilan aholi 2 yildan beri kuraşib kelmoqda. Ammo natija yöq.

Ijodiy guruh murojaatni örganiş maqsadida aytilgan manzilga yetib bordi. Bizni mahalla ahli kutib oldi. Eng avvalo murojaatda aytilgan şoli ekinzori közdan keçirildi. Haqiqatdan ham ulkan hududda şoli ekilgan. Ekinzor içi suv bilan töla.  

Ma'lumot uçun: 30-40 gektar şoliga quyilgan suv 40 000 kubometrgaça boradi. Şoli maydonining relefi mahalladan 1-1.5 metrga baland. Maktab fizika darsligidagi tutaş idişlar qoidasiga köra, örtaliqda zovur ötkazilgan taqdirda ham, şolining suvi mahalla uylarining tagidan buloq bölib otilib çiqadi. Çunki, bu hududda yer qazilsa, tuproqsiz şağal körinadi. Bunday yer ostida suv quvurda oqqanday oqadi.

Uşbu şoli ekinlari qaysi fermer xöjaligiga yoxud kimga qaraşli ekani bilan qiziqdik. Ma'lum bölişiça, şoli ekinlariga javobgar şaxs Bahrom Qoraxöjayev bölib, undan şoli ekinzori haqida ma'lumot olişga harakat qildik.

“Bu yer özi botqoq joy. Avvaldan şoli poya bölib kelgan. Bu yer şunday joy – kerak bölsa traktor ham çökib ketadi. Uylarga zarari tegmaydi. Mening özim şu yerda, kanalni yonida turaman – uyimni heç qayeri yorilmagan. Şoli ekilgan joy taxminan 10-15 gektardir. Bu yerning tagida hamma joyda suv bor. Fermer xöjaligi şu yerga ekib bergin, degan, ekmoqdamiz. Bu yerning rahbari boşqa odam – Rustam aka, degan inson”, - deydi u.