Kiprda tan olinmagan futbol terma jamoalari örtasida Yevropa çempionati boşlandi. Bu musobaqa Mustaqil futbol uyuşmalari konfederatsiyasi (ConIFA) boşçiligida ötmoqda.
Musobaqada 8 ta jamoa iştirok etmoqda va ular ikki guruhga bölinganlar:
A guruhi: Şimoliy Kipr, Abxaziya, Zakarpate, Janubiy Osetiya;
V guruhi: Padaniya (Italiyadagi tuman), Elan Vanin (Buyuk Britaniya, Men oroli), Felvidek (Slovakiya), Sekey ölkasi (Ruminiya).
Musobaqa 4 iyundan 11 iyungaça davom etadi. Uşbu formatdagi Yevropa çempionati ikkinçi marotaba ötkazilmoqda.











