«Real» himoyaçisi Pepe Madrid klubidan ketişini tasdiqladi.

- Men «Real»da boşqa öynamasligim aniq. Ötgan vaqt içida bu klubga borimni berdim.

Men yanvar oyidayoq qaror qabul qilib bölgandim, öşandayoq tuşungandimki, işlar yaxşi tomonga ketmayapti. Klubda menga ma'qul bölmagan şartnoma taklif etişdi. Bu klub siyosati — 33 yoşdan oşgan futbolçiga 1 yildan ortiq muddatli şartnoma taklif qilinmaydi.

Meni xursand qiladigani, bu yerda muxlislar meni sevişdi, bu qolgan barçasidan ustundir.

Menda Peres yoki boşqasi bilan muammolar yöq. Şunçaki bu bosqiç poyoniga yetdi va men buni professionallarça qabul qildim.

- Zidan yoki Benites?

- Menga Benitesning samimiyligi yoqqan, u rostgöy inson edi.

Zidan «Real» bilan erişgan natijalardan hayratlanaman, ammo men tuşunmagan işlar ham böldi. Masalan, u nima uçun meni jamoadan çetlatdi?

- Keyingi manzil «PSJ»mi yoki Milan?

- Bir qança takliflar bor. Angliyada faoliyatimni davom ettiriş variantlari bor. Ammo hali heç kim bilan kelişuvga erişmadim.

Bundan avvalroq 34 yoşli portugaliyalik bu futbolçi «PSJ» bilan ikki yillik şartnoma imzolaşi haqida xabarlar tarqalgandi.

Yakunlangan mavsumda Pepe Primeradagi 13 uçraşuvda maydonga tuşdi, 2 gol urdi va bitta golga uzatma berdi.