Xalqaro Press-klubda "Özbekneftgaz" faoliyati, uning rejalari va amalga oşirilayotgan loyihalariga bağişlangan anjuman bölib ötdi. Unda sohaning bir qator yetakçi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi. Mutaxassislardan biri "Şörtangaz" kimyo majmuiga alohida töxtaldi.
"Loyihalarni tilga olganda yana bir loyihaga töxtalmay ilojimiz yöq. Bu "Şörtangaz" kimyo majmuasini quvvatlarini oşiriş loyihasi. Mazkur loyiha juda köp muzokaralarga sabab böldi, çunki birinçi marta loyihani boşlaganimizda uning quvvati bor-yöği 75 ming tonnaga oşirmoqçi edik. Zero "Şörtangaz" kimyo majmuasining bugungi quvvati 125 ming tonnani taşkil etadi.
Prezidentimizning taşabbusi bilan şu zavodga xomaşyo sifatida UzGTL zavodidan çiqadigan sintetik naftani xomaşyo qilib yönaltiriş takliflari örganib çiqildi. Biz xorijiy davlatlar ekspertlari, qolaversa, özimizning Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining yetuk akademiklarini jalb qilgan holda mazkur loyihani örganib çiqdik.
Buning natijasi ölaroq, sinetik nafta "Şörtangaz" quvvatini oşiriş uçun eng maqbul xomaşyo sifatida tan olindi va u "Şörtangaz" kimyo majmuasi quvvatlarini 125 ming tonnadan 500 ming tonnagaça oşiriş imkoniyatini berdi", - deydi "Özbekneftgaz" boşqaruv raisi örinbosari.
Ta'kidlaş joizki, "Şörtangaz" zavodi 2001 yilda işga tuşirilgan va uning orqasidan qançadan-qança yangi korxonalar işga tuşgan hamda köplab kişilarni iş bilan band qilgan.









