Öquvçilarning ta'til kunlarini maroqli va mazmunli taşkil etiş maqsadida Özbekistonda an'anaviy ravişda ormogohlar faoliyati taşkil etiladi. Joriy yilda ham jami 1150 ta (214 ta statsionar, 936 ta kunduzgi) oromgoh taşkil etilib, ularga yoz mavsumi davomida qariyb 300 mingdan ortiq bolalarni qamrab oliş közda tutilgan. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Umumta'lim maktablarida 4,5 mln. dan ortiq öquuvçi tahsil olişi inobatga olinadigan bölsa, oromgohga jalb qilinmagan bolalar nima bilan maşğul böladi, degan savol kun tartibiga çiqadi. 

Ayni maqsadda Xalq ta'limi vazirligi taşabusi bilan oromgohlarga qamrab olinmagan bolalar uçun “Yoz-2017” konsepsiyasi işlab çiqildi. Uşbu konsepsiyaning asosiy maqsadi öquvçilarni böş vaqtlarini foydali mehnatga yönaltirişdir. 

Mazkur konsepsiyaga köra respublikadagi quriliş-ta'mirlaş işlari olib borilmaydigan hamda kunduzgi oromgohlar taşkil etilmagan ta'lim muassasalarida tögaraklar faoliyati yölga qöyiladi. Ya'ni,

-    Maktablarda “soğlomlaştiriş maydonçalari”;

-    “Barkamol avlod” bolalar markazlarida tögaraklar;

-    Axborot-resurs markazlarida kitbxonlik maşğulotlari ötkaziladi. 

Mazkur Kontseptsiyaga muvofiq ta'lim muassasalarida madaniy – ma'rifiy va sport tadbirlari joriy yilning15 iyunidan 15 avgustigaça, haftaning duşanba-juma kunlari davomida öquvçilar yoşiga muvofiq taşkil etiladi.

Muassasalarida belgilangan vaqtlarda öquvçilarning yoş xususiyatlari inobatga olingan holda davra suhbatlari, öyinlar, viktorinalar, sport musobaqalari, kitobxonlik bahslari, ingliz tili saboqlari, musiqa tögaragi kabi turli tadbirlar taşkil etiladi.