Press-klub rahbari Şerzod Qudratxöjayev özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muqobil energiyadan keng foydalanişga çaqirib, post qoldirdi.
Men ötgan yilning yozida Turkiyada böldim. Istanbulda birinçi közim tuşgan narsa bu - barça çiroyli osmonöpar binolarning tomlaridagi quyoş panellari va ularning oldida turgan katta suv boçkalari böldi. Hayron qoldim: Turkiya öziga töq davlatligini bilaman, odamlari ham oç qolmagan, lekin nega bunaqa darajada hamma avtonom energiya manbalaridan foydalanişiga qiziqdim. Keyin körişimça, nafaqat Istanbul, balki kurortlar va soqqa makoni Antaliyada ham xuddi şu holat. Vaziyatni içidan bilganimdan söng turklar “har baloni” bilişiga qoyil qoldim. Mavjud jarayon şundayki, oddiy bir xonadon quyoş energiyasidan nafaqat uyni yoritiş uçun, şuningdek, uydagi suvni isitiş (ham issiq suv, ham xonani isitiş) uçun ham foydalanar ekan. Bilişimça, ortib qolgan energiya davlatga sotilar ekan (hisoblagiçlar ikki tomonga aylanişga möljallangan).
Kuni keça «Özbekneftgaz» holding kompaniyasi boşqaruv raisi Alişer Sultonov bilan bölgan Press-klub anjumanida köp öylantirayotgan savollarimga javob oldim va u kişi bilan hamfikr ekanligimni bildim.
Birinçidan, Özbekiston gaz zaxiralari böyiça dunyoda sakkizinçi örinda turadi. Neftimiz esa kamroq. Azim Toşkentda yaşaydigan “erkatoylarning” gaz buyiça milliardlab qarzi bor. Nazoratçi kelganda eşigimizni oçmaymiz hatto. Yoki pulni “arra” qilişga, jinoyatkorona kelişişga harakat qilamiz. Vaziyatni jiddiy inqiroz darajasigaça kelişi Boş prokuratura qoşida maxsus Byuroni taşkil etişgaça olib keldi.
Ikkinçidan, gazni köp davlatlarga eksport qilamiz. Lekin, masalan 120 million dollarga falon kub gaz eksport qilmasdan, uni çuqur qayta işlaş bizga 600 millionga dollarga yaqin foyda berar ekan.
Uçinçidan, bizda gaz köp desak, darrov ijtimoiy tarmoqlar va jamoatçiligimiz bong ura boşlaydi. “Nega şunça gazimiz böla turib, barça uzoq qişloqlarga, barça xonadonlarga kelmagan?”. Töğri, davlatimiz gazlaştiriş böyiça dunyoda yetakçi örinda turadi, lekin heç qaysi mamlakatda gaz 100 foiz darajada barça xonadonlarga quvur orqali berilmaydi. Hatto Rossiyada ham.
Törtinçidan, darrov tappi yoqişimizni rökaç qilamiz. Guyoki, boşqa çora yöqdek, vo ajabo, şunda menda bir savol tuğildi. Tappi va gaz quvuri örtasida nima bor?
Javobim şu: Bugungi 21-asrda muqobil energiya - Alloh yaratgan mö'jiza oftob va uning bepul, beğaraz, beminnat nurlari bor. Allaqaçon olimlar tomonidan yaratilgan şunday uskunalar borki, oftob nurini uyimizni issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta'minlaşga möljallangan. Töğri, ular bepul emas. Suriştirişimça, Toşkentda joylaşgan Solar City Solutinons kompaniyasining örtaça bir xonadonga möljallangan jihozlari 4-5 million sömga tuşarkan. Uşbu qurilma yilning 365 kunidan 322-325 kun issiqlik quvvati bilan töliq ta'minlarkan. Hatto bulutli kunda ham. Bir marta uskuna uçun tölaymiz, xolos. Qolgani bepul-ku! Oftob nuri uçun heç kimga haq bermaymizku?!
Nimaga biz ist'yemolçilarni madaniyatiga bu narsa kirib kelmayapti. Çunki biz 4-5 million sömni özimizdan ayaymiz. Vaholanki, 3 qavatli uy sohibi 1-1,5 yilda şu mablağni gazdan foydalanganiga tölab qöyadi. Lekin, biz undan köra avtosalonda 3 oy poylab bölsa ham “Lasetti”mizni “Malibu” qilamiz. Töyimizda bitta limuzinni ikkita qilamiz yoki sarpo-sidirğa yoki haşamatli restoranga öylanmay işlatamiz. Bizga Turkiya, Yaponiya, Koreya kabi davlatlardagi insonlar psixologiyasi qaçon kirib kelarkan? Balki mentalitetimizni özgartiriş vaqti kelgandir? Quyoş texnologiyalari kirib kelişi uçun tafakkurimiz bir poğonaga ösişi lozimmikin? Şunda uyimizga quyoş nuri bilan birgalikda issiqlik, nur, pokizalik va fayz kirib keladi. Gazdan esa polietilen, polipropilen, polimer kabi köplab mahsulotlar işlab çiqarib eksport qilişimiz mumkin. Bu esa iqtisodiyotimizga yangi ilğor texnologiyalar, qançadan-qança yangi işçi örinlari, yaxşi maoşlar, byudjyetga soliqlar va eng asosiysi jamiyat va xalqimiz uçun yaxşi hayot degani. Balki biz har bir narsani davlatdan kutib ötirgandan köra, davlatga yordam beriş vaqti kelgandir!
Yoki tappi yoqamiz deb, 19-asrdagidek tançada ötiraveramizmi? “Yapon mö'jizasi”, “Koreys mö'jizasi” mö'jiza emas, aslida. Bu maşaqqatli mehnat, izlaniş, balandparvoz emas haqiqiy vatanparvarlikni amalda körsatişdir.
Yana bir fikrim, bu loyihani hayotga tez va unumli kiritişni yöli, banklarni keng jalb etib, uşbu loyihaga kam foizli kredit ajratişdir. Uşbu jihozlarni 100 minglab, millionlab işlab çiqariş esa tannarxning arzon bölişiga olib keladi.
Ammo, bu işni ziyolilar, olimlar, tadbirkorlar, badavlat insonlar birinçi boşlaşi kerak. Şunda bu narsa ham dabdaba töylar kabi rusumga kiradi.
Şaxsan men, şu kunlarda şu işni boşlamoqçiman. Sizçi?












