Kanadaning “Skypower Global” kompaniyasi direktori Kerri Adler Özbekistonda quyoş elektr stansiyasini quriş loyihasiga hukumatdagi ayrim amaldorlar tösqinlik qilayotganini aytmoqda.
“Skypower Global” Kanada kompaniyasi bölib, qariyb 30 yildan beri quyoş elektr stansiyalarini quriş bilan şuğullanadi. Asosiy hissadorlari – amerikaliklar.
2018 yilda prezident Şavkat Mirziyoyev BMTdagi uçraşuvda kompaniyani Özbekistonda quyoş elektr stansiyasi qurişga taklif qilgan. Öşa yili “Skypower” Toşkent, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida quyoş fotoelektr stansiyalarini qurişi böyiça prezident qarori ham qabul qilingan.
Kompaniya va hukumat örtasida tuzilgan şartnomaga köra, “Skypower” 1 KVt quyoş energiyasini 6 sentdan sotişiga kelişilgan, ammo Özbekiston tomoni keyinçalik narxni tuşirişga uringan.
Kompaniya direktori Kerri Adler BBC özbek xizmatiga bergan intervyusida aytişiça, kompaniya avvaldan kelişilgan narxni tuşirişga ham tayyorligini bildirgan, lekin özbek rasmiylari şunda ham imkon bermayapti. Investor hukumat vakillarini tamagirlikda ayblamoqda.
Adlerning sözlariga köra, ayni paytgaça AQŞ Davlat departamenti, Kanada taşqi işlar vazirligi hamda Kanada va AQŞ elçilari Özbekistonga “Skypower”ga bölayotgan tösiqlar haqida kamida 6 marta murojaat qilişgan.
“Hukumatning yuqori mansabdorlari tamagirlik qilgani videoga yozib olingan”
— Hozirda “Skypower” loyihani ilgari suriş uçun qölidan kelgan barça işni qilyapti. Özbekiston energiya tanqisligidan qiynalayotganidan afsusdaman. 4-5 yil avval oilam bilan qişning örtasida elektrsiz qolgan edik. Şunday ekan, sovuqda havo yana soviydimi deb ötiriş oson emas. “Skypower” bu loyihani amalga oşiriş uçun qattiq harakat qilyapti, lekin bizga boğliq bölmagan voqealar yuz berdi. Kovid pandemiyasi va undan keyin kiritilgan çeklovlar dengiz orqali yuklarning keçikişi, logistika muammolariga sabab böldi. Ukrainadagi uruş tufayli esa uskunalarning keçikişi davom etmoqda. Bularni nazorat qiliş qiyin, ammo nazorat qiliş mumkin bölgan işlar bor. U ham bölsa, hukumatning iş samaradorligi.
Hukumatdagi ba’zi unsurlar boşidanoq bu loyihamizga tösqinlik qilib, uni keçiktirib kelişyapti. Prezidentning yaxşi niyati va insoniyligi, barça investorlar himoyalanişini aytganiga qaramay, biz duç kelgan voqelik boşqaça böldi. Özbekiston hukumatidagi ba’zi şaxslar bizni mavhum şaroitda qoldirişdi.
Hukumatning yuqori mansabdorlari bizga tamagirlik qilayotgani videoga yozib olingan. Şartnoma şartlarini özgartirmasak, loyihani yana keçiktirişni aytganlari yozib olingan. Ular atayin bu fitnani qilişyapti. Nega ular Özbekiston xalqiga bu qadar zarur energiyani bermayapti?
— Ular nega bunday yöl tutyapti deb öylaysiz?
— Şimoliy amerikalik investor sifatida qattiqqöl me’yorlarga böysunamiz. Korrupsiyaga qarşimiz, har bir işimiz şaffof. Ba’zilar u yerdagi korrupsion sxemaga aralaşar, ammo biz bunday qilmaymiz.
Prezidentning şaxsan özi BMTda ötgan uçraşuvda meni çaqirib, “Skypower”ni Özbekistonga taklif qilgan. “14 kun içida yetib kelinglar”, deb ta’kidlagan. U nafaqat loyiha uçun yer, balki himoya ta’minlanişini kafolat qilgan.

— Siz korrupsiyaga şama qildingiz, Özbekiston rasmiylari bevosita yoki bilvosita pora söragan hollar böldimi?
— Agar bevosita şunday talab bölsa, biz bu haqda xabar berardik. Boşidanoq hukumatga bunday talablar bölmasligini aytganmiz. Qayta-qayta eşityapmanki, bizning muammolarga Özbekistonda ötmişda qöllangan qoidalarga böysunmaganimiz sabab bölmoqda. Korrupsiya Özbekistonda keng tarqalganidan xabarim bor, ammo boşidanoq 1 dollar ham ortiqça bermaymiz deb kelişganmiz.
6 oy davom etgan muzokaralarda adolatli şartlarga kelişganmiz. Biz yetkazib beradigan elektr uçun narxlarni mustaqil iqtisodiy komissiya jahon bozoridagi örtaça narx deya ma’qullagan va prezident hatto farmon ham çiqargan.
— Siz ehtimoliy korrupsiya bir sabab deyapsiz, yana qanday sabablar bölişi mumkin? Loyihangiz nafaqat keçiktirilgan, balki butunlay yopiladi deya ogohlantirilganmi?
— Avvaliga bu loyihani yoqtirmasliklariga sabab uning narxi deb öylagandim. Özbekistonga 1000 MVt quyoş energiyasini işlab çiqarib, mlrd dollardan ortiq sarmoya kiritamiz deya kelişganimizda, biz u yerga borgan birinçi kompaniya edik. Şartnoma orqa xonalarda emas, rasmiy taşriflar çoğida imzolangan. Şartnoma biznes munosabatlari uçun muqaddas hisoblanadi, lekin biz kelganimizdan söng Özbekiston tender e’lon qila boşladi.
Tenderlar boşqaça işlaydi. Unda kompaniyaga Jahon banki kafillik qiladi, bu biz Özbekiston hukumatidan olgan kafolatdan ança kuçliroq. Şunday holatda ba’zi kompaniyalar kelib biznikidan pastroq narx taklif qilgan. Ehtimol, bizning muammolarimizga şu narxlar sabab böldi.
2 yil davomida bizga tösiqlar bölganidan keyin “gap nimada özi?” deb söradik. Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosariga aytdim: “Siz 6 sentga rozi emasmisiz, keling, men 3,75 sentga tuşiraman va deyarli 2 barobar köproq energiya işlab çiqaraman”, dedim. “Öylab körişimiz kerak” dedi-da, yöq bölib ketdi. Tasavvur qiling, men yuz minglab uylarni yoritadigan 1000 MVt energiya yetkazib beraman deyapman va narxini tuşiryapman.
Agar loyihamizga şunçalik tösqinlik qilişmaganida hozir Özbekistonda kamida 300-400 ming xonadonda elektr bölardi. Ularda odamlar bolalari bilan sovuqda ötirmasdi. Özimning 6 nafar farzandim bor, ularga tok yöq deb aytiş qanday oğirligini tasavvur qila olmayman.
— “Skypower” kompaniyasi 2012 yilda Kanadaning Ontario hududi va Energetika vazirligi qarori ustidan sudga şikoyat qilgan. Lekin sud arizangizni rad etgan. Öşanda sudya şunday degan ekan: “Öyin örtasida öyin şartlarini özgartiriş adolatsiz körinişi mumkin, ammo hukumat dasturlari bilan işlayotganingizda öyin dasturi şunday”. Siz şartnoma biznes uçun muqaddas deyapsiz, ammo hukumatlar xalq manfaatlaridan kelib çiqib şartnoma şartlarini özgartirişi adolatdan emasmi?
— 2012 yilda Ontarioda bölib ötgan işga töxtalsam. Öşanda hukumat köproq quyoş energiyasini işlab çiqariş uçun dehqonçilik yerlarini ham iste’molga bera boşlagan. “Skypower” va yuzlab kompaniyalar fermer yerlarini sotib olgan yoki ijaraga olgan. Natijada fermerlik yerlari kamaya boşladi. Şunda hukumat fermerlik yerlari quyoş energiyasi uçun işlatilişiga çeklov örnatdi. “Boşqa yerlar işlatilsin, bölmasa oziq-ovqat sanoatiga salbiy ta’sir qiladi” deya qaror çiqarilgandi. “Skypower” 40 gektardan yuzlab yerlarni egallagandi. Lekin men öşa qarorni qöllab-quvvatlayman.
Özbekistondagi iş esa butunlay farqli. Bu yerda gap fermerlik yerlari emas, energiya haqida ketyapti. Hukumat investor bilan şartnomaga imzo çekkan. Investorning himoyasini kafolatlagan. Özbekiston neça mlrd taşqi qarz oldi va qança haqiqiy taşqi investitsiyani jalb qildi. Agar prezident xalq farovonligi uçun qayğursa va xorijiy investitsiyaga işonsa, u bunday mavqega ega deb öylayman: u hukumat işiga tösiq bölayotgan yovuz kuçlardan voz keçişi kerak. Biz şartnomani imzolagan kundanoq tösiqlarga duç kelganmiz.
— Siz Mirziyoyevga işonaman deyapsiz, u bölayotgan işlardan xabardor bölsa kerak. Nega özi aralaşib sizga yordam bermaydi?
— Mirziyoyev xabardorligiga işonçim komil emas. U mamlakatda qayğurişi kerak bölgan işlar köp. U qöl ostidagilarga tayanadi va ular prezidentga yolğon ma’lumot bersa, işonişga majbur.
Agar şartnoma noqonuniy tarzda bekor qilinsa, biz arz qilamiz. Britaniya qonunlarida belgilangan, biz 1,4 mlrd dollardan köproq kompensatsiya talab qilişga haqlimiz. Agar şartnomani bekor qilişga urinişsa, biz oçiq sudda uni muhokama qilamiz. Bu 4-5 yilga çözilmaydi, tez böladi. Barça dalillar bor – yozma hujjatlar, audio, videomateriallarda uning ma’muriyatidagi şaxslar narxni tuşirişga urinib tamagirlik qilgani aks etgan.
Biz narxni tuşirib, köproq energiya taklif qilsak ham iş siljimadi. Nimani kutişyapti – janob Kerri dollarga töla çemodanlar bilan kelişinimi? Bunday bölmaydi. Aminmanki, ular nimadir kutyapti.
Tasavvur qiling, biz quriliş uçun yerni özimizning hamkor kompaniya bilan tayyorlay boşladik. Ular hamkorlarimizga çiqib: “Agar “Skypower” bilan işlasangiz, Özbekistonda boşqa işlay olmaysiz”, deb aytişgan.
Iyul oyida Covid-19 va uruş tufayli yarimötkazgiçlar tanqisligi yuzaga keldi deya xat yozsak, qanday javob oldik deng?! “Siz Ukrainada uruş va Covid-19 tufayli yarimötkazgiçlar tanqisligi bölişini oldindan bilişingiz kerak edi”, deyişdi. Men qanday qilib çiplar uçun muhim bölgan neon gazi işlab çiqariluvçi Mariupol vayron qilinişini başorat qilişim mumkin? Bu ahmoqlik-ku? Qiziği, “uruş tufayli keçikişim mumkin”, deb aytgan boşqa investorlarga qöşimça vaqt berişgan, bizga esa yöq.
— Sizga ma’lum, Özbekistonda elektr tarmoqlari juda eskirgan. Butun tarmoq va infratuzilma islohotga muhtoj. Hukumat aholiga energiyani 2 sentdan, biznesga 4 sentdan sotadi. Demak, u sizdan 3,75 sentdan sotib olganda ham iste’molçilarga 2 sentdan sotib zarar köradi. Bu şunday subsidiya tizimi. Siz şu hali isloh qilinmagan tizimga aralaşib qolgansiz va ular uçun qimmat quyoş energiyasi sotmoqçi bölyapsiz, şunday emasmi?
— Bu fikrga töliq qöşilmayman. Ötgan hafta Özbekiston tender ötkazib xitoyliklar bilan şartnoma tuzdi. Bittasida 4 sentdan yuqoriroq, yana biri 3 sent va yana biri 3 sentdan pastroq narxga kelişildi. Men hukumat rahbarlari bilan qanday işlaş kerakligini bilaman, köplab davlat rahbarlari bilan işlaganman; köplab rivojlangan davlatlar rahbarlari energiya narxlari balandligi tufayli ularni aholisiga subsidiyalaşga majbur. Aholiga arzon elektr yetkazib beriş hukumatning qarori, bu undan-da arzonroq elektr sotib olişi kerakligini anglatmaydi.
Özbekistonga kelsak, u xorijga katta foyda bilan sotayotgan gazdan keladigan daromad evaziga öz aholisiga beradigan energiyani arzonroqqa sotyapti. Ba’zi davlatlar bunday daromadsiz ham energiyani subsidiyalaydi. Biz narxni bozor narxida kelişganmiz, vaqt ötib bu narx tuşsa ham hukumat uni tuşira olmaydi. Misol uçun, Ispaniya hukumati şamol va quyoş energiyasi stansiyalarini qurgan kompaniyalarga narxni tuşirişni aytgan, ammo sud hukumatning bu talabini rad etdi. Barça kompaniyalar kelişilgan narxni saqlab qoldi, ular orasida Özbekistonda işlayotgan “Masdar” kompaniyasi ham bor.
Biz Özbekistonga aytdikki: “Mayli, sizlarda elektr energiyasi tanqisligi yuzaga kelgan, bozor narxida kelişgan bölsak-da, narxni tuşiramiz va köproq energiya işlab çiqaramiz”. Javob-çi? ”Öylab köramiz, sizga keyinroq boğlanamiz”.
— Özbekistonda quyoş energiyasini rivojlantirişda qanday imkoniyat bor?
— Barça tadqiqotlarimiz agar töğri boşqarilsa, salohiyat kattaligini körsatdi. Töğri, tongda va keçqurun quyoş çaraqlamaydi. 100 yillik tarixingizga qarab yiliga qança quyoşli kun bölişini hisoblaşingiz mumkin. NASA şunday ma’lumotlarni çop etib boradi. Biz barça xalqaro loyihalarda undan foydalanamiz. Quyoş çaraqlamaydigan kunlarda gazdan foydalaniladi.
Özbekistonda 30 ming MVt quyoş energiyasini oliş salohiyati bor. Oxirgi rejada ular 7-8 mingga intilyapti. Agar töğri boşqarilsa, undan 3-4 karra köp energiya oliş mumkin.
Özbekistonda birorta ham oila elektrsiz ötirişi kerak emas. Prezident Oliy Majlisga nutqida barça litsenziyalar körib çiqilib, samarasiz işlayotganlari bekor qilinişini aytdi. Siz şartnomani bekor qilişdan oldin, haqiqiy vaziyatni örganing, faqat vazirlaringizga quloq tutmang. Kompaniyalarni eşiting, çunki sizga barça haqiqatlarni aytişmayapti.
Bizga 23 dekabrda şartnomamiz bekor qilinişini aytişgan. Quriliş uçun zarur bölgan texnik şartlarni yillarki davom etgan muzokaralardan keyin 2022 yil oktyabr oyida berişdi. Tarmoqqa qanday ulanişimiz körsatilgan muhim hujjatni 2 oy oldin berişdi.
Prezident Mirziyoyev anglaşi kerak: men u tarafdaman, boşqa kompaniya bölganida allaqaçon boş olib çiqib ketgan va Parijda sudda ötirgan bölardi. Biz yöqotilgan daromadning 10 foizini hisoblab, 1,4 mlrd dollar kompensatsiya olişimiz mumkin. Bu qanday uyatli hol böladi Özbekiston uçun. Ham energiyasiz qoladi, ham katta tovon tölaydi. Çunki ba’zi amaldorlar prezidentning siyosatini qöllab-quvvatlamaydi.
***
Kun.uz investorning iddaolari yuzasidan Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan izoh olişga urindi, ammo buning imkoni bölmadi.
Kun.uz'ning hukumatga yaqin manbasiga köra, Energetika vazirligi rahbariyati “Skypower” masalasi yuzasidan OAVga heç qanday izoh bermaslik böyiça topşiriq bergan.
Ma’lumot uçun, bu – “Skypower” direktorining hukumatdan norozi bölib birinçi çiqişi emas. U 2020 yilda ham loyihasiga tösiqlar bölayotgani haqida gapirgan. 2022 yil 23 dekabrga kelib esa u bilan şartnoma bekor qilinişini aytişgan.











