Özbekiston Respublikasi prezidentining «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantiriş uçun şart-şaroitlarni tubdan yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga şarh e'lon qilindi.

Xalqaro iqtisodiy taşkilotlar tomonidan ötkazilgan örganiş natijalariga köra, hozirgi paytda dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) innovatsiyalarning rivojlanişida, mamlakatning işlab çiqariş va raqobatdoşligini oşiriş, iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş va tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda aholining hayot darajasini oşirişda muhim örin tutadi. Bugungi kunda AKTning rivojlaniş holati va mamlakatning iqtisodiy barqarorligi örtasidagi boğliqlik ilmiy isbotlangan.

Mamlakatimizda sönggi yillarda AKTni barça ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarga, jumladan davlat boşqaruviga hamda davlat xizmatlarini körsatiş sohasida joriy qiliş böyiça bosqiçma-bosqiç islohotlar amalga oşirildi. Bu öz örnida mamlakatimizda elektron hukumat tizimini joriy qilişda sezilarli natijalarga erişiş imkonini berdi. Jumladan, AKTni keng qöllaş natijasida xalq bilan davlat örtasida aloqa örnatişning samarali tizimi joriy qilindi.

Biroq aksariyat rivojlangan davlatlarga taqqoslaganda Özbekistonda axborot texnologiyalarining bugungi holati, ularni iqtisodiyot sohasiga joriy qiliş, şuningdek eksport darajasi past bölib qolmoqda, raqobatdoş axborot texnologiyalari sohasini şakllantirişda mamlakatimizning ilmiy-tadqiqot salohiyatidan töliq foydalanilmayapti. Bu öz navbatida davlatimizning xalqaro reytingiga öz ta'sirini körsatmoqda.

AKTning jadal rivojlanişi yangi imkoniyatlarni oçib berar ekan, davlat tomonidan keng kölamli qöllab-quvvatlaşni hamda respublikaning xalqaro AKT bozoridagi örnini kuçaytirişni talab qiladi.

Mamlakatimizda AKT uçun xalqaro standartlarga muvofiq dasturiy mahsulotlar işlab çiqarişni rivojlantiriş, mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan sifatli va raqobatdoş dasturiy mahsulotlarni işlab çiqarişni kengaytirişni rağbatlantirişni kuçaytiriş, şuningdek 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oşirişga oid Davlat dasturida nazarda tutilgan boşqa vazifalarni hal qiliş, AKT mahsulotlari eksportini kengaytiriş, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilişni rağbatlantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantiriş uçun şart-şaroitlarni tubdan yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmon bilan mamlakatimizda birinçi marotaba axborot texnologiyalari sohasida xöjalik yurituvçi sub'yektlarni, dasturiy mahsulotlarni işlab çiqaruvçilarni birlaştiradigan Axborot texnologiyalarini işlab çiqiş va joriy qilişni qöllab-quvvatlaş böyiça «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi tuzilmoqda.

Innovatsiya markazi mamlakatimiz hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida taşkil qilindi, ya'ni AKT sohasidagi korxonalar respublikada joylaşgan hududidan qat'i nazar, Innovatsiya markazi rezidentlari bölişi mumkin. Uşbu tamoyil mamlakatda AKT mahsulotlarini işlab çiqarişni rivojlantiriş uçun eng qulay şart-şaroitlarni yaratişga xizmat qiladi.

Farmon bilan Innovatsiya markazi faoliyatining asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

- xöjalik yurituvçi sub'yektlar va oliy ta'lim muassasalarining axborot texnologiyalari mahsulotlarini işlab çiqariş hamda içki va taşqi bozorlarda sotişga qaratilgan özaro hamkorligini kengaytiriş uçun zarur taşkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy şart-şaroitlar yaratiş;

- AKT sohasida raqobatdoş loyihalarni içki va taşqi bozorlarda sotiş uçun xorijiy investitsiyalarni jalb etişda Innovatsiya markazi rezidentlariga kömaklaşiş;

- oliy ta'lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini «axborot texnologiyalari» mutaxassisligi böyiça bitiruvçilarini işga joylaştirişda, şu jumladan iqtidorli yoşlar tomonidan «start-ap» loyihalarini amalga oşirişda ularni qöllab-quvvatlaş yöli bilan iştirok etiş;

- qisqa va örta muddatli ixtisoslaştirilgan kurslarni taşkil etiş, şu jumladan çet el mutaxassislarini taklif etiş yöli bilan AKT sohasidagi kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaşni taşkil qiliş;

- yoş tadbirkorlar tomonidan axborot texnologiyalari mahsulotlarini işlab çiqiş sohasidagi istiqbolli yönalişlar böyiça innovatsiya loyihalari amalga oşirilişini qöllab-quvatlaş.

Mazkur yönalişlardan körinib turibdiki, Innovatsiya markazi fuqarolarimiz uçun eng qulay şart-şaroitlar yaratiş, eng avvalo, axborot texnologiyalari sohasida hayotga joriy etiş va amalga oşiriş mumkin bölgan aniq loyihalarga ega bölgan iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida tuzilmoqda.

Innovatsiya markazining oliy boşqaruv organi sifatida Muvofiqlaştiruvçi kengaş taşkil etildi hamda uning asosiy funksiyalari sifatida quyidagilar belgilandi:

- Innovatsiya markazini rivojlantirişga kömaklaşiş borasida davlat organlari, ilmiy, ta'lim muassasalari va boşqa taşkilotlar faoliyatini muvofiqlaştiriş;

- respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirişda Innovatsiya markazi -faoliyatini tizimli monitoring qiliş va tahlil qiliş;

- Innovatsiya markazining faoliyatini takomillaştiriş va axborot texnologiyalari sohasida xöjalik yurituvçi sub'yektlar uçun şart-şaroitlarni ilğor xorijiy tajribani inobatga olgan holda yaxşilaş böyiça takliflar tayyorlaş;

- yuridik şaxslarni Innovatsiya markazi rezidentlari sifatida röyxatga oliş va ularni rezident maqomidan mahrum etiş töğrisidagi qarorlarni qabul qiliş;
- Innovatsiya markazi rezidentlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş.

Farmonga muvofiq, Innovatsiya markazi rezidentlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşda birinçi navbatda quyidagi imtiyoz va preferensiyalar közda tutildi:

Birinçidan, 2028 yilning 1 yanvarigaça bölgan muddatga:

- barça turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalarni, şuningdek yagona ijtimoiy tölovni tölaşdan;

- belgilangan tartibda tasdiqlanadigan röyxatlar böyiça Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan, öz ehtiyojlari uçun olib kirilayotgan uskunalar,    butlovçi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta'minot vositalari uçun bojxona tölovlari tölaşdan (bojxona yiğimlaridan taşqari);
- özi işlab çiqaradigan tovarlar (işlar, xizmatlar)ni eksport qilişdan tuşadigan valyuta tuşumining bir qismini majburiy sotişdan ozod etiş.

Ikkinçidan, Innovatsiya markazi rezidentlariga özi işlab çiqargan tovarlar (işlar, xizmatlar)ni eksport qilişdan tuşgan pul mablağlari doirasida xodimlarga iş haqi va dividendlarni xalqaro tölov kartalariga ötkaziş yöli bilan naqd bölmagan şaklda Özbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblarni çet el valyutasida amalga oşiriş, şuningdek eksport kontrakti mavjud bölmagan holda Internet tarmoğidagi onlayn dökonlar orqali işlar va xizmatlar eksportini çet el valyutasida amalga oşiriş huquqi berildi.

Uçinçidan, Innovatsiya markazi rezidentlarining xodimlari uçun qöşimça imtiyozlar, jumladan 2028 yilning 1 yanvariga qadar olingan mehnatga haq tölaş körinişidagi daromadlar 7,5 foiz miqdordagi qat'iy belgilangan stavka böyiça jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğiga, byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga 4,5 foizli stavka böyiça fuqarolarning suğurta badallariga tortilişi közda tutilgan. Bunda uşbu daromadlar soliq soliş maqsadida belgilanadigan jismoniy şaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmasligi belgilab qöyildi.

Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan Moliya vazirligi va Davlat soliq qömitasi bilan birgalikda har yili berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning AKT milliy bozorining rivojlanişiga ta'siri, içki va taşqi bozorlarda dasturiy mahsulotlar va AKT xizmatlarining raqobatbardoşligi darajasi tahlil qilib boriladi hamda tahlil natijalari keyinçalik Muvofiqlaştiruvçi kengaşga taqdim etiladi.

Mas'ul idoralar tomonidan respublikada tovarlar va xizmatlarga haq tölaş uçun xalqaro tölov kartalarini qabul qiliş, şuningdek Özbekiston Respublikasi rezidentlarining bank hisoblariga Internet tarmoğidagi onlayn dökonlari orqali tovarlar va xizmatlarni sotişdan olingan valyuta tuşumini hisobga tuşiriş tizimining tölaqonli işlaşiga doir zarur çoralar köriladi.

Uşbu Farmonda belgilab berilgan vazifalarning töliq amalga oşirilişi uçun Vazirlar Mahkamasi tomonidan Innovatsiya markazi faoliyatini taşkil etiş, yuridik şaxslarni uning rezidenti sifatida röyxatdan ötkazişning taşkiliy-huquqiy mexanizmlarini nazarda tutuvçi alohida qaror qabul qilinadi.

Qabul qilingan mazkur Farmonning amalga oşirilişi axborot texnologiyalarining yanada rivojlanişi, AKT sohasida mutaxassislarning iştirokini kengaytiriş, ilmiy-tadqiqot taşkilotlarining hamda oliy ta'lim muassasalarining işlab çiqariş bilan hamkorligini ta'minlaş uçun zarur taşkiliy-texnik va iqtisodiy şart-şaroitlarni yaratiş, şuningdek mamlakatimizning eksport salohiyatini oşiriş imkonini beradi.