Prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligiga Axborot texnologiyalarini işlab çiqiş va joriy qilişni qöllab-quvvatlaş böyiça «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazining faoliyatini tartibga solişga doir eng muhim funksiyalar topşirildi, deb yozmoqda Norma.

Agentlik boş vazir boşçilik qilgan Markazning Muvofiqlaştiruvçi kengaşi örnini bosadi. Boşqa funksiyalar sirasida u yuridik şaxslarni Markaz rezidentlari sifatida röyxatga oliş va ularni uşbu maqomdan mahrum etiş töğrisidagi qarorlarni qabul qiladi.

Eslatib ötamiz, 30.06.2017 yildagi PF–5099-son farmonga muvofiq, Markaz rezidentlari 2028 yil 1 yanvargaça bölgan muddatga:

• barça turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalarni, şuningdek yagona ijtimoiy tölovni tölaşdan;
• belgilangan tartibda tasdiqlanadigan röyxatlar böyiça Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan, öz ehtiyojlari uçun olib kirilayotgan uskunalar, butlovçi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta'minot vositalari uçun bojxona tölovlari tölaşdan (bojxona yiğimlaridan taşqari) ozod etilgan.
 
Rezident maqomini oliş mezonlari hamda soliq va bojxona imtiyozlarini qöllaş tartibi esa Markaz töğrisidagi nizom (VMning15.08.2017 yildagi 631-son qaroriga 2-ilova) bilan tartibga solingan. Markazning rasmiy sayti ma'lumotlariga köra, 154 ta taşkilot uning rezidenti maqomiga ega bölgan.

Hujjat 1.10.2018 yildan kuçga kirdi.