«Real» «Betis» bilan Dani Sebalos transferi uçun muzokara boşladi.

Sky Sport Italia xabariga köra, madridliklar jamoasi 20 yoşli bu xavbek uçun 15 million yevro tölab, uni sevilyaliklar jamoasida bir yil ijara asosida qoldirişni möljallamoqda.

Bu vaqtda Polşada bölib ötgan yoşlar örtasidagi Yevropa çempionatining eng yaxşi futbolçisi sifatida taqdirlangan Sebalos uçun «Yuventus» (turinliklar ham şartnomada körsatilgan 15 mln yevro tölaş miqdoridagi mablağni tölaşga tayyor), «Bavariya» va «Barselona» ham da'vogar. Kataloniyaliklar futbolçini sotib olib, uni asosiy tarkibga kiritmoqçi.

Şu bilan birgalikda «Real» raqobatda ustun keliş uçun taklifni oşirişi va qöşimça bonuslar va'da qilişi mumkin.

Dani Sebalos yakunlangan mavsumda «Betis»ning asosiy futbolçilaridan biriga aylandi, u jamoaning 34 uçraşuvida maydonga tuşib, ikki gol urgan va ikki golga uzatma bergan.

Bu futbolçi madridliklar safida Toni Kroos bilan raqobat qilişiga töğri keladi. Uşbu futbolçilarning maydondagi ampluasi ham, öyin uslubi ham deyarli bir xil.