Gabonga mahalliy fillarni kontrabandaçilar va jangarilardan himoya qiliş maqsadida britaniyalik harbiylar kontingenti joylaştiriladi. Bu haqda The Independent xabar tarqatdi.

Gabon hukumati sörovi bilan Afrikaga yöl olgan missiya tarkibida turli bölinmalar vakillari bölgan 16 nafar jangçi böladi. Rejaga köra, ular mahalliy harbiylarni tayyorlaş bilan şuğullanadi.

Gabonlik harbiylar qurollardan foydalaniş, tezkor amaliyotlar ötkaziş va WhatsApp işlatişga örgatiladi.

Gabon hukumati ma'lumotlariga köra, mintaqadagi kontarbandistlar IŞID ta'siridagi «Boko Xaram» jangarilari bilan qalin aloqa örnatgan. Ular minglab fillarn öldirib, ularning suyagi savdosidan olingan mablağlarni terrorçilik maqsadlariga yönaltirişadi. 2004 yildan 2014 yilgaça muddat davomida Gabondagi Minkebe milliy qöriqxonasida 25 ming fil öldirilgan - bu mamlakatdagi jami fillarning 80 foizidir.