Toşkentda FIFA Series 2026 xalqaro futbol turniri boşlandi. Unda Özbekistondan taşqari Gabon, Trinidad va Tobago, şuningdek, Venesuela ham iştirok etmoqda.
Özbekiston milliy jamoasi 1-turda Afrika qit’asi vakili Gabon bilan öynadi va 3:1 hisobida ğalaba qozondi.
6-daqiqadayoq mehmonlar Averlant goli evaziga hisobni oçdi. Biroq, Fabio Kannavaro şogirdlari öyinda buriliş yasab, Eldor Şomurodov (14-daqiqa), Jahongir Örozov (59) va Alişer Odilov (90+4) gollari evaziga irodali ğalabani qölga kiritdi.
IFA Series 2026
27 mart, Toşkent, «Bunyodkor» stadioni
ÖZBeKISTON – GABON 3:1
Gollar: Teddi Averlant, 6 (0:1), Eldor Şomurodov, 14 (1:1), Jahongir Örozov, 59 (2:1), Alişer Odilov, 90+4 (3:1)
Özbekiston: Ötkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov (Behruz Karimov 76), Rustam Aşurmatov, Otabek Şukurov (Umarali Rahmonaliyev 90+2), Odil Hamrobekov (Akmal Mozgovoy 76), Aziz Ğaniyev (Doston Hamdamov 76), Oston Örunov (Alişer Odilov 76), Şerzod Nasrullayev (Farruh Sayfiyev 90+2), Eldor Şomurodov (Igor Sergeyev, 88), Umar Eşmurodov, Jahongir Örozov.
Gabon: Fransua Bekale, Nze Bagnama (Noa Lemina 82), Yohan Obiang, Teddi Averlant (Edlin Matouti 82), Urie Mbula, Şevi Babika, Omfia Mik, David Sambissa (Ben Kabinambele 46), Jyeremi Oyono, Dide Ndong.
Ogohlantiriş: Kanga (69)
Turnirning yana bir öyinida Venesuela 4:1 hisobida Trinidad va Tobagoni yengdi.
Yakuniy tur öyinlari 30 mart kuni ötkaziladi.
- 15:00 Gabon – Trinidad va Tobago («Paxtakor» stadioni)
- 19:00 Özbekiston – Venesuela («Bunyodkor» stadioni)
FIFA Series 2026 turnirlari örtoqlik öyinlari örnini bosişi nazarda tutilgan va butun dunyo böylab ötkaziladi. Erkaklar örtasidagi bahslarga Özbekistondan taşqari, Avstraliya, Ozarboyjon, Indoneziya, Qozoğiston, Yangi Zelandiya, Puerto-Riko, Ruanda mezbonlik qiladi. Ayollar örtasidagi musobaqalar Braziliya, Kot-d'Ivuar va Tailandda bölib ötadi.

















