Ispaniya qiroli Filipp VI Buyuk Britaniyaga taşrifi vaqtida Madrid va London Gibraltar maqomi böyiça kelişib olişlariga işonç bildirdi.

"Men aminmanki, bizning Gibraltar böyiça kelişmovçiliklarimizni hal qilişga qat'iylik yanada kuçliroq böladi hamda zarur sa'y-harakatlar va muloqot orqali hukumatlarimiz barça tomonlarni qondiradigan kelişuvlar yönalişi böyiça işlaşga qodir", deb qirol aytgan sözlarni keltirib ötgan Sky News telekanali.

Ta'kidlanişiça, Filipp VI Buyuk Britaniyada 3 kun böladi. Bu taşrif Ispaniya qirolining 30 yildan köproq muddat içidagi Buyuk Britaniyaga ilk taşrifi böldi.  

Avvalroq Ispaniya taşqi işlar vaziri Alfonso Dastis ba'zi britaniyalik siyosatçilar Gibraltar masalasi böyiça özini nazorat qilolmayotganini aytgandi.

Gibraltar Buyuk Britaniyaning dengiz orti hududi bölib, Ispaniya uning bir qismiga egalik qiliş böyiça bahslaşib keladi. Ispaniya Gibraltarning bir qismi Buyuk Britaniya tomondan noqonuniy ravişda bosib olingan deb hisoblab keladi.