Özbekistonning yangi tayinlangan elçisi Farruh Tursunov Madrid şahrida Ispaniya qiroli Filipp VI ga işonç yorliğini topşirdi.
Rasmiy marosimdan söng bölib ötgan suhbat çoğida Özbekiston va Ispaniya örtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, şuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Ispaniya qiroli ikki tomonlama munosabatlarni barça jabhalarda mustahkamlaş va rivojlantiriş borasidagi sa’y-harakatlarga hissa qöşişga tayyorligini bildirdi.
Uçraşuv yakunida Filipp VI Özbekiston elçisiga ikki mamlakat örtasidagi özaro munosabatlarni mustahkamlaş borasidagi mas’uliyatli işiga muvaffaqiyat tiladi.
Farruh Tursunov 2023 yil 7 dekabr kuni Toşkentdan Madridga yetib borgan edi. Bungaça u TIV Strategik tahlil va prognozlaş boş boşqarmasi, şuningdek, Yiğma axborot-tahlil departamentini boşqargan.













