Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikriça, Ukrainadagi inqiroz ukrainaliklarning sabri tugagunça davom etadi. U Lebedin toğ-kon boyitiş kombinati işçilari bilan muloqotida şunday fikrlarni bildirdi.
Putin metallurglardan birining Ukrainadagi inqiroz qançalik uzoq davom etişi mumkinligi haqida bergan savolini ritorik deb atagan. "Bizlarning xalqimiz sabrli", — degan prezident, bu köp jihatdan bir xalq vakillari bölgan ruslarga ham, ukrainlarga ham birdek tegişli ekanini qayd etdi.
"Bu qançalik uzoq davom etadi? Bilmayman. Bu u yerda istiqomat qilayotganlarga boğliq. Ular bunga qançalik çiday olişadi?", — degan Putin. "Umid qilamanki, şu safar hammasi tugaydi. Qonsiz, demokratik jarayonlar yordamida bölsin", — deb qöşimça qilgan Rossiya rahbari.
Davlat rahbari, şuningdek. Moskva va Kiyevning iqtisodiy aloqalari tiklanişiga umid qilişiga e'tibor qaratdi.
Vladimir Putin konçilar bilan uçraşuvda AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan muloqot borasida ham fikrlarini bildirdi. Uning aytişiça, agar ikki davlat rahbarlarining muloqoti "insoniy ruhda" keçsa, uning ijobiy samara berişiga umid qiliş mumkin, degan Rossiya prezidenti.
"Agar şunday muloqot siz aytgandek, insoniy mazmunida davom etsa, u kelgusida ham rivojlanişiga umid qiliş mumkin", — degan Putin.
"Bilmadim, u boşqa suhbatdoşlari bilan qanday, ammo bizda — men ham u fikrlarini izhor qilayotganda, hamkorlikni rivojlantiriş böyiça ğoyalarini bildirganida uni tingladim. Biroq, unda odamlar bilan işlaydigan inson uçun juda muhim bölgan, lekin har doim ham kuzatilavermaydigan tinglaş, öz vaqtida munosabat bildiriş, muloqot qila oliş bor", — deya ta'rif bergan Putin amerikalik hamkasbi haqida.
"Bilasizmi… şunday odamlar borki, gapirasan, devorga gapirgandek bölasan. Ular eşitmagandek, öz bilganidan qolmaydi", — deya davom etgan Rossiya yetakçisi. Tramp, esa, Putin fikriça, unday odam emas.












