Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 12-noyabr, payşanba kuni keçqurun AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus vakillari Jared Kuşner va Stiv Uitkoff bilan uçraşdi.

AFP agentligi va Ukrainaning «Suspilne» onlayn naşri xabar berişiça, muzokaralar Irlandiya poytaxti Dublin yaqinidagi Baldonnel şahrida joylaşgan Keysment harbiy aviabazasida bölib ötdi.

AFP maʼlumotiga köra, amerikalik muzokaraçilar Ukraina rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ukrainadagi uruşni tinç yöl bilan hal etişga bağişlangan uçraşuv natijalari haqida maʼlumot berişni rejalaştirgan.

Zelenskiy: Uruş davridagi eng yirik asirlar almaşinuvi amalga oşiriladi

Muzokaralardan söng Zelenskiy, Uitkoff va Kuşner jurnalistlar oldida çiqiş qildi.

Ukraina prezidenti amerikalik vakillarning Moskvaga taşrifi asosiy natijalari haqida maʼlumot berdi.

Uning sözlariga köra, muhim natijalardan biri Rossiya bilan asirlar almaşinuvi böyiça kelişuvga erişilganidir. Mazkur almaşinuv uruş boşlanganidan buyon eng yirigi bölişi kutilmoqda.

Bundan taşqari, Zelenskiyning aytişiça, Amerika tomoni «yevropaliklar masalasida ham siljişga erişgan».

Uning taʼkidlaşiça, keyingi uçraşuvda Yevropa vakillari muzokaralar guruhi tarkibiga kiritiladi va ular ham öz fikrini bildiriş huquqiga ega böladi.

Tramp vakillarining Putin bilan uçraşuvi 12-noyabr kuni Moskvada bölib ötgan.

Bundan avval, 10–11-noyabr kunlari Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrida AQŞ vositaçiligida Ukraina va Rossiya delegatsiyalari örtasida ikki kunlik muzokaralar ötkazilgan edi.

«Suspilne» maʼlumotiga köra, Moskvadagi uçraşuvda Konstantinovkada gumanitar operatsiya ötkaziş, asirlar almaşinuvi va Ukrainada Yevropa harbiy kontingentining joylaştirilişi kabi masalalar muhokama qilingan.

Zelenskiy Irlandiyada Yevropa davlatlari vakillari bilan ham uçraşdi

«Suspilne» naşri yozişiça, Zelenskiyning Uitkoff va Kuşner bilan muzokaralarida Yevropa vakillari iştirok etmagan.