Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusoboddagi arzon go‘sht haqida: «Qachongacha faqat kattalar reyd qilgan vaqtdan foydalanib, bozor qilishimiz kerak bo‘ladi?»
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni poytaxtning Yunusobod tumaniga tashrif buyurdi. So‘nggi kunlarda tuman hududidagi bozorlarda soliq idoralari vakillari bo‘lishgan va narxlar keskin tushishi kuzatilgan.
Xususan, Facebook’dagi Maslahat.uz guruhida narxi keskin tushirilgan go‘sht mahsuloti uchun navbatda turgan kishilarning surati e'lon qilindi.
«Prezidentimiz va boshqa katta davlat rahbarlari Yunusobod bozoriga tashrif buyurish oldidan bo‘lgan tasvir...
Shaharda hech qayerda 21 000 so‘mdan go‘sht topib bo‘lmaydi hozirgi kunda, Toshkentda 1 kg. go‘shtning standart narxi hozir suyakligi 35 000, suyaksiz lahimi 38-40 000 gacha chiqdi, supermarket tarmoqlarida 45-47 000 dan sotilmoqda
Lekin davlat rahbarimiz tashriflaridan oldin go‘sht narxini 21000 qilib qo‘yishdi Yunusobod bozorida...
Vaholanki savol tug‘iladi, unday bo‘lsa mamlakatimizda go‘shtning narxi o‘rtacha 21 000 bo‘lishi kerak ekanda? Deyarli 2 baravar qimmatida sotishyapti hozirgi paytda.
Nega bozorlarimizda hanuzgacha tartib qo‘llanilmagan? Qachongacha bu narsa davom etadi? Qachongacha faqat kattalar reyd qilgan vaqtdan foydalanib bozor qilishimiz kerak bo‘ladi, 2-3 soatlab sarg‘ayib navbatda turib (shundayam agar ulgursak olishga)!», - deya yozgan Maslahat.uz guruhi foydalanuvchisi.
Yana bir foydalanuvchi esa shunday yozgan: «O‘zi go‘shtni narxi allaqachon oshishi kerak edi dollar kursiga qarab. Go‘sht ham salkam valyuta, uni qiymatiga qarab boshqa narsani solishtirma hisobini kilishardi ilgari. Oddiy misol, to‘yona, gap pullarini ham go‘shtga bog‘lashardi. Dollar 6-7-8 mingga chiqqanida go‘shtni narxi deyarli oshmagandi, ammo dollarga chaqsangiz bizda arzon edi ancha. Dollar 3000 ligida 14.000-16.000 dan olayotgan edik, 5 dollar atrofida».
Ba'zilar esa vaziyatda qassoblarni ayblagan. «Gap qassoblarda emas, go‘shtni 21 ming so‘mdan sotishga ularni majbur qilganda. O‘shalar go‘sht narxini o‘zgartirib, kelib-kelib Prezidentimizni aldamoqchi bo‘lyapti», — deb yozdi foydalanuvchilardan biri.
Avvalroq go‘sht narxining oshishiga nima sabab bo‘layotgani haqida so‘z yuritilgandi.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:07 / 05.05.2026
Niderlandiya poytaxtida go‘sht va avtomobillar reklamasi taqiqlandi
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
14:42 / 20.04.2026