Bugungi kunda keng muhokamalarga sabab bölayotgan göşt narxi oşişi bilan boğliq sabablarga “Darakçi” naşri oydinlik kiritişga qaror qilib kördi.

Respublika böylab bu holatning kuzatilişiga sabab nima? Jurnalist poytaxt dehqon bozorlarida suriştiruv ötkazdi.

Suriştiruvda ma'lum bölişiça, Çorsu dehqon bozorida lahm göştlarning narxi 1 kg. uçun 35 000 sömdan 36 000 sömgaça, suyakli göştlar esa 28 000 sömdan 30 000 sömgaça sotilyapti. Ma'lumot uçun: ötgan oyda ayni şu turdagi, ya'ni suyaksiz laxm göşt 28 000, suyaklisi esa 25 000 sömdan xaridorlarga yetkazilgan. 

Suriştiruv jarayonida boşqa göşt mahsulotlarning narxida ham xuddi şunday ösiş borligiga guvoh bölindi: masalan, suyaksiz ot göşti 1 kg. uçun 25.000 30.000 gaça; jigar 20.000 22.000 gaça; qazi 52.000 (xomi ham, tayyori ham); qiyma 20.000 sömdan 25.000 sömgaça. Bu narxlar ham ötgan oydagiga nisbatan turiga qarab kamida 3000 sömgaça ösgan.

“Qöyliq” dehqon bozoridagi suriştiruvda ham xuddi şunday narxlardagi ösişga guvoh bölindi: bu yerda ham lahm göştlar 30 000 sömdan 32 000 sömgaça narxda sotilmoqda. Sotuvçining ta'kidiça, ötgan oyda ayni şu turdagi göştlar 25 000 sömdan 28 000 sömgaça xaridorlarga yetkazilgan.

Qassoblarning qayd etişiça, narxlardagi bunday özgarişlarga viloyatlardan mol olib kiriş qiyin bölayotgani, çorva mollari uçun yem-xaşaklarning narxi ham kötarilgani ularning göştga nisbatan şunday narx qöyişiga sabab ekan. Şuningdek, göştlar sifatiga qarab ham narxlanadi, dedi qöşimça izoh berib sotuvçi.

Katta savdo markazlarda lahm mol göşti 1 kg. 39.490 dan 39.990 gaça, qöy göştiniki esa 1 kg. uçun 28.000 31.990 gaça narxda savdoga qöyilgan.

Göşt narxi nimaga oşayotgani haqidagi savol bilan «Özbekoziqovqatxolding»ga murojaat qilindi.

Bozor iqtisodiyoti şaroitida göşt narxi talab va taklif, şuningdek uni işlab çiqariş harajatlaridan kelib çiqib belgilanadi. Şu munosabat bilan bozorda göşt narxi işlab çiqaruvçilar (xöjalik sub'yektlar) tomonidan belgilanadi – deyiladi taşkilot javobida.

Narx oşişiga olib kelayotgan omillar orasida quyidagilar keltiriladi:

Mavsumiy omillar. Aksariyat çorva mollari şaxsiy tomorqalarda ekanligini inobatga olib, bahorda mollar yaylovlarga yuboriladi. Mollarning ozğinligi bois uni söyiş kamayadi. Natijada göştning xarid narxi oşib ketadi.

Yem narxining oşişi. Ozuqa mahsulotlarining bahosi qimmatligi ham göşt narxi oşişiga olib keladi.

Özbekiston Respublikasi Tovar xomaşyo birjasining joriy yil 15 iyun ma'lumotlariga köra, omuxta yemga 2017 yil 5-9 iyunda belgilangan narxlar 1 tonna uçun 556 624 sömni taşkil etmoqda. Demak, 1 kg. omuxta yemning narxi 556 söm, ya'ni ösiş kuzatilgan. Kunjara, ya'ni paxta çigiti şrotining narxi ham joriy yil 5-9-iyun sanalarida 1 tonna uçun 971 499 söm qilib belgilangan. Bu 1 kg. uçun 971 söm degani.

Bu ozuqa mahsuloti esa arzonlaşgani qayd etilgan. Arpaning narxi xuddi şu davrlar uçun 1 tonnaga 595 404 söm belgilangani holda, bunda ham narxning arzonlaşgani körsatilgan. Uşbu ma'lumotlar bilan tanişgaç, Tovar xom-aşyo birjasi belgilagan narxlar joylarda ham xuddi şu miqdorda amal qilyaptimi, degan savolga javob topişga urinib körildi.

Suriştiruvdan ma'lum bölişiça, joylarda 1 kg. omuxta yemning örtaça narxi 1800 söm, kunjaraniki 2200 söm, arpaniki esa 1200 söm ekan. Davlat belgilangan va çorvador xarid qilayotgan haqiqiy narxlar örtasidagi tafovutni anglaş uçun u qadar katta savod talab qilinmaydi. Ehtimol, muammoning ildizi ayni şu tafovutdadir balki.

Narxning oşişiga sabab bölayotgan yana bir omilni ham qayd etiş lozim. Yaqingaça Özbekistonda göşt eksporti taqiq ostida bölgan bölsa, bugun Prezidentning “Mahsulotlar eksportini rağbatlantiriş qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni bilan göşt va göşt mahsulotlarini çetga olib çiqiş imkoni paydo bölgan. Ayni damda tovuq göştini eksporti böyiça Qaror loyihasi tayyorlanmoqda. Şu munosabat bilan uşbu mahsulotning ham narxi oşişi ehtimoldan xoli emas.