Prezident Şavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni poytaxtning Yunusobod tumaniga taşrif buyurdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Davlat rahbari tumanda joylaşgan Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasining Qöriqlaş boşqarmasi faoliyati bilan tanişdi. 

Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasining Qöriqlaş boşqarmasida ham jamoat xavfsizligini ta'minlaşda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Boş boşqarmada «Xavfsiz şahar» boşqaruv situatsion markazi taşkil etilmoqda. Markaz yöl harakati xavfsizligi, yonğin xavfsizligi, qöriqlaş xizmati, post-patrul xizmati va boşqa tarmoqlarni geoinformatsion tizim orqali boşqaradi. Bozorlar, ta'lim va tibbiyot muassasalari, mehmonxonalar, yöllar va boşqa jamoat joylariga örnatilgan videokuzatuv uskunalari, zamonaviy signal uzatiş texnikasi bunda qöl keladi. Bu jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilişining oldini oliş, ularni tez fursatlarda bartaraf etişda muhim ahamiyatga ega. 

Tinçlik-osoyiştalikni ta'minlaş tizimi bugungi hayotimiz talablariga mos bölişi kerak, dedi davlat rahbari. Yangi zamonaviy tizim samarali işlaşi uçun uni mukammal özlaştiriş, bosqiçma-bosqiç amaliyotga tatbiq etiş zarur. 

Prezident mazkur boşqaruv tizimini ikki yil davomida sinovdan ötkaziş, içki işlar xodimlarining axborot texnologiyalari böyiça bilimini oşiriş, Al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti va Toşkentdagi Inha universitetida ixtisoslaşgan kadrlar tayyorlaş, tizim puxta özlaştirilganidan keyin uni mamlakatning barça şaharlarida joriy etiş zarurligini ta'kidladi.