Özbekistonda oliy öquv yurtlariga kiriş uçun test sinovlari joriy qilinganiga ham hademay 25 yil töladi. OTMlarga qabul qilişning bu adolatli usuli yillar davomida sayqallandi, yangiliklar bilan boyitib borildi. 

Barçamizga yaxşi ma'lumki, «test» sözi ingliz tilidan olingan bölib, «sinov», «tekşiruv» ma'nolarini anglatadi. Hozirda uning zamonaviy şakllarini dunyoning rivojlangan davlatlari (AQŞda — SAT va AST, Buyuk Britaniyada — A-level, Germaniyada — Abitur, Fransiyada — Baccalauréat en Fralevelnce) muvaffaqiyat bilan qöllab kelmoqda. Testning uşbu şakllari mazmun va şakl jihatdan nihoyatda mukammal işlab çiqilganligini e'tirof etiş mumkin.

Masalan, Rossiya Federatsiyasida OTMlarga kirişda ötkaziladigan imtihonlarda abituriyentlarga beriladigan vaqtlar taqsimotini vaqtlar böyiça tahlil qiladigan bölsak, rus tili uçun — 210 daqiqa, biologiya uçun — 180 daqiqa, tarix uçun — 210 daqiqa, ingliz tili uçun — 180 daqiqa, matematika uçun esa — 235 daqiqa ajratilganligining guvohi bölişimiz mumkin. 

Har qanday soha islohotga muhtoj, sababi hayot va zamon tinimsiz davom etadi, rivojlanişdan töxtamaydi. Bugun töğri va samarali bölgan narsa, ertaga notöğri hamda samarasiz bölib qolişi mumkinligini heç kim rad eta olmaydi. Şu sababli ham bugungi kunda yuritilayotgan oqilona siyosat natijasida davlat va jamiyat hayotining barça sohalarida zamon talablarini inobatga olgan holda, tizimli islohotlar olib borilmoqda. 

Ba'zi ijtimoiy saytlarda 2017 yilgi test sinovlarida katta özgarişlar bölişi aytilmoqda. Bu özgarişlar qay tartibda amalga oşadi, buni vaqt körsatadi. Şu örinda men repetitor öqituvçi sifatida yuqoridagi sinovlar xususida öz fikrlarimni aytib ötmoqlikni lozim, deb topdim.

1. Nega matematika fanining 6 ta savoli örniga informatika fani savollari qöşildi. Axir informatika alohida fan-ku?! Ularning yaqinlik darajasiga kelsak, tabiiy fanlar bölmiş fizika fanini ham, kimyo fanini ham matematik hisoblaşlarsiz tasavvur qilib bölmasligi aniq-ku? Qöpol qilib aytganda, nafaqat informatika, balki kimyo va fizika ham matematikani öz «akalari», deb bilişadi. Juda qöşiş ehtiyoji bor ekan, matematikani «kemtik» qilmasdan, informatikani alohida fan sifatida kiritiş mumkin-ku? Töğri informatika va axborot texnologiyalari barça kasb egalari uçun suv va havoday zarur. Şunday ekan uni test savollariga qöşmasdan (yoki alohida kiritib) oliy öquv yurtlarining ta'lim jarayoniga singdiriş lozim. Çunki, kelajakda barça sohalarni, biz xohlaymizmi-yöqmi, kompyuterlar olamisiz tasavvur qilib bölmaydi. 

2. Avvalgi tuzilgan test variantlarining qiyinlik darajasi deyarli bir xil edi. Hozir esa şu adolat prinsipi sal buzilgandek, ya'ni ba'zi variantlarga osonroq, ba'zi variantlarga qiyinroq savollar yiğilib qolgandek. Garçand, variantlardagi savollar bir xil tipda tuzilmasa ham, qiyinlik darajasi foiz nuqtai nazaridan teng bölişi kerak çamamda. 

3. Texnik fanlar yönalişiga ajratilgan vaqt bilan, tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy yönalişlarga ajratilgan vaqt xususida e'tirozim bor. Çunki, matematika ham, fizika ham hisoblaş talab etiladigan fanlar. Şunday ekan texnik fanlar blokiga ajratilgan vaqt haqida öylab köriş lozim.

4. Aytmoqçi bölgan davomli fikrlarim orasida quyidagi «Axilles va toşbaqa» haqidagi paradoksni keltirib ötmoqçiman.

Tasavvur qiling, qadimgi yunon olimpiadasi ğoliblaridan biri Axilles bilan toşbaqa poygada qatnaşyapti. Boşlanğiç masofada ular orasi 100 metr. Ular bir paytda bir xil yönalişda — Axilles toşbaqa tomonga, toşbaqa esa Axillesdan qarşi tomonga harakatlana boşladi. Faylasuf Zenon Axilles toşbaqaga heç qaçon yeta olmaydi, deydi. Çindan ham Axilles 100 metr yurgunça toşbaqa 10 metr, Axilles 10 metr yurgunça toşbaqa 1 metr, Axilles 1 metr yurgunça toşbaqa 10 sm masofaga ilgarilaydi. Ya'ni har safar Axilles toşbaqa turgan joyga yetgunça, u şu nuqtadan qançadir oldinda böladi. Demak, Axilles toşbaqaga heç qaçon yeta olmaydi.

Xöş unda muammoning yeçimi qayerda? Paradoksning yeçimi vaqtning inobatga olinmayotganida. Ekspertlardan şuni iltimos qilardimki, variantlarni şakllantirib bölişgaç, özlari şu variantni xuddi şaxmatçilarniki kabi vaqtga qarab hal qilib körişsin. Variantlarda şunday masalalar uçrayaptiki, uni yeçiş tugul, ma'nosini çaqib olişga 5 daqiqa vaqt yetmayapti.

Test tizimi joriy qilinmasidan oldin kiriş imtihonlarida matematika fanidan 5 ta masalani hal qiliş uçun 3 astronomik soat ajratilardi. Hozir esa 3 astronomik soatda abituriyent uçun 108 ta savolga javob topişga töğri kelmoqda. Bu avvalgi abituriyentlarga qaraganda qariyb 22 marta tezkor böliş kerak, deganimi?

Hurmatli ekspertlar! Test savollari tuzayotganda abituriyentlarning sizdan köra ança sekin fikrlay olişlarini, 1 avgust kuni böladigan his-hayajonni ham hisobga oling-da! Bu bilan savollar osonlaşsin, deyişdan yiroqman. Paradoksda inobatga olinmagan, oliy hakam, inson taqdirini özgartirib yuboradigan vaqtni inobatga oliş kerak, demoqçiman. 

Öylaymizki, uzoq yillar davomida töplangan ijobiy tajribani saqlab qolgan holda, bu borada rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotini örganiş, respublikamizdagi malakali mutaxassislar, pedagoglar, olimlar, amaliyotçilarni bu jarayonga jalb etiş orqali test ötkaziş jarayonini körib çiqiş maqsadga muvofiq böladi. 

Bu esa test ötkaziş jarayonlarini yangi bosqiçga olib çiqadi. Albatta, «Kadrlar tayyorlaş Milliy Dasturi»da belgilangan vazifalarni samarali amalga oşirişga hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil fikrlaş mahoratiga ega bölgan, istiqboldagi vazifalarini ilgari suriş va hal etişga qodir kadrlarning yangi avlodini şakllantirişga xizmat qiladi, deb öylayman. Prezidentimiz qayta-qayta ta'kidlayotganidek, hayotga, tabiatga, jamiyatga, ta'limga real köz bilan qaraş fursati yetmadimikin?

Murodjon Xöjaniyozov,
öqituvçi.