Saytimizda yaqinda huquqşunos, bloger Xuşnud Xudoyberdiyevning «1 avgustdagi test sinovlarini yanada adolatli ötkaziş uçun taklif»i e'lon qilingan edi. 

X.Xudoyberdiyev öz maqolasida mavjud qoidalarni töliq işga tuşiriş va test sinovlariga telefon, şpargalka va boşqa yordamçi vositalar olib kirmoqçi bölgan abituriyentlarni umuman imtihonga qöymaslikni taklif etgan. Buning uçun avvaldan ularga tuşuntiriş berib boriş, TV orqali ijtimoiy roliklarni aylantiriş, hattoki tilxat yozdirib oliş, bir gap bilan aytganda — «qölga tuşsang — haydalasan» qoidasini abituriyentlarning miyasiga singdirib boriş kerakligini ta'kidlaydi.

Biroq, naqadar ogohlantirilmasin, «baribir men qölga tuşmasam kerak», degan ilinjda imtihonga telefon olib kirmoqçi bölgan abituriyentning qölga tuşib, bir yillik umri sovurilişi yoki uddaburonlik qilib qölga tuşmasdan yoki tekşiruvçi xodimlarining sovuqqonligi yo öz tanişlarini ataylab ötkazib yuborişi tufayli içkarida telefondan baribir foydalaniş ehtimoli vujudga keladi.

Biz Xuşnudning maqolasi söngida mavzu borasida öquvçilarimizni ham munozaraga çorlagan edik. Tahririyatimiz poçtasiga köplab murojaatlar, takliflar kelib tuşdi va ularning aksariyati test sinovlari ötkaziladigan kuni — 1 avgust ertalab soat 8 dan 12 gaça uyali aloqani umuman öçirib qöyiş kerak, degan yakkaş fikrni ilgari surişmoqda.

Albatta, 1 avgust kuni 600 mingga yaqin abituriyent imtihonga kiradi. Bir qaraşda, 600 ming kişi uçun 20 mln.dan ziyod uyali aloqadan foydalanuvçi insonlarni seşanba — iş kunida aloqadan quruq qoldiriş adolatsizlikdek tuyuladi.

Lekin, menda bu borada boşqaçaroq taklif bor. (Faqat bu yil keçikdik, taklifni kelgusi yildan joriy etiş kerak)

Haqiqatan ham, uyali aloqani imtihon vaqtida 4 soatga öçiriş test sinovlari mobaynida kuzatilayotgan katta adolatsizliklarga barham beradi va öz bilimiga tayangan abituriyentlarning öqişga kirişi ehtimolini keskin oşiradi. Telefonni öçiriş bilan boğliq şunday tajribani qöllayotgan davlatlar ham bor ekan.

Aslida, imtihon bölayotgan hududning özida aloqani böğiş (gluşilka) bilan muammoni barçaga tekkizmasdan hal qiliş mumkin. Lekin bunga katta miqdorda texnik xarajatlar talab etiladi va juda qimmatga tuşadi.

Mening taklifimga köra, yoki 1 avgustni dam oliş kuni, deb e'lon qiliş kerak yoki test imtihonlari kunini iyul oyining sönggi yakşanbasida ötişini doimiy qilib belgilab qöyiş kerak. «Nega avgustning birinçi yakşanbasi emas?» deganlarga javob: bu holatda ilk yakşanba 6 avgustga ham töğri kelib qolişi mumkin, bu esa javoblarni hisoblab çiqiş e'lon qiliş, talabalikka qabul qiliş uçun oliygohlarda kam vaqt qolişiga sabab böladi.

Albatta, 1 avgustni dam oliş kuni, deb e'lon qiliş mantiqsizroqdek. 600 ming kişi uçun bir kun butun mamlakatni işdan qoldiriş yaramaydi. Boz ustiga, 1 avgust bayramga ham tortmaydi...

Yakşanba — öz nomi bilan dam oliş kuni. Bu kunda firma, korxona va taşkilotlarga tegişli uyali telefonlardan xizmatda foydalanilmaydi. Ustiga ustak, öşa 600 mingta abituriyentni imtihonga kamida bir nafar yaqin qarindoşi (otasi, onasi, akasi va h.k.) kuzatib keladi. Test sinovlari kuni bino içidagi abituriyentlardan taşqarida ularni kutuvçilar köproq bölişini hammamiz körganmiz. Agar test dam oliş kunidan boşqa kunda ötsa, ular ham işdan qoladi. Bundan taşqari, test sinovlari vaqtida auditoriyada kuzatuvçilik qiluvçi fuqarolar ham özining asosiy iş joyidan javob olib ötirmaydi.

Uyali aloqa vaqtinça öçirilgani bilan, menimça, uyali aloqa kompaniyalarida eng muhim xizmatlar — 101, 102, 103, 104 kabilarni işlatib qöyişning texnik imkoniyati bor. «Tez yordam», öt öçiriş xizmati, militsiya va gaz avariya xizmatiga, şuningdek, qisqa işonç telefonlari raqamlariga bemalol qönğiroq qiliş mumkin. Dam oliş kuni bölgandan keyin köpçilik öz uyida böladi va zaruriyat tuğilganida uy telefonlaridan foydalanib turişadi. Barça taşkilotlarning iş telefonlari bor, işonç telefonlari ham mobil emas, oddiy raqamlar.

Xullas, Xuşnud aytganidek qilinsa, telefon bilan qölga tuşadigan abituriyentlar iştirokida janjal va boşoğriqlar respublikamizda test ötadigan har bir binoda yuz berişi turgan gap. Özingiz öylang, telefon yo şpargalka bilan qölga tuşgan 100 nafar abituriyent imtihonga kiritilmasdan, binodan haydab çiqarilsa nima böladi? Qöşimça xavfsizlik kuçlari talab etilmaydimi?

Şu sababli six ham, kabob ham kuymaydigan yöl — imtihonni yakşanba kunga belgilaş va uyali aloqani 4 soatga öçirib qöyiş. Xalqimiz yilning bir kunida 4 soat sodir böladigan bu holatni töğri qabul qiladi. Faqat, adolat yuzasidan, öşa kun, albatta, dam oliş kuniga töğri kelişi ham kerak-da.

Şuhrat Şokirjonov,
jurnalist