Ming istihola bilan yozilgan maqolam mana şu bölsa kerak. Çunki, hali birovga maslahat beradigan yoşda emasman. Yon-atrofdagilar esa urf-odatga aylanib qolayotgan qandaydir harakat töğrisida gapirsangiz, notöğri qabul qilişi mumkin.
Har yili avgustning birinçi sanasi ilmi tolib bölişni istagan yoşlar oliy öquv dargohlarida test imtihonlarini topşirişadi. Şu kuni poytaxt va viloyat markazlari, ya'ni oliy öquv yurtlari joylaşgan joylar katta ommaviy sayilga aylanadi, göyo. Xursand böladigan tomoni yildan-yilga oliy ta'limda öqib, biror bir kasbni mukammal egallaşni, şu orqali jamiyatga köproq foydam tegsin, deydigan yoşlarning köpayib borayotganidir.
Ma'lumotlarga köra, bu yil Özbekistondagi oliy öquv yurtlariga 720 mingdan ziyod abituriyent hujjat topşiribdi. Hazilakam raqam emas, töğrimi?
Ana endi, ertaga 1 avgust kuni şaharlarimizda böladigan, gavjum tadbirni kutavering. Test imtihoniga keladigan abituriyentlar hayajondan butun tunni uxlamay ötkazişadi. Qop-qoronği tun - soat ikki-uçlardan boşlab, köçalarda harakat boşlanadi. Çunki, barça bölğusi student bölişni orzu qilgan yigit-qizlar belgilangan vaqt - 6:30da tegişli joyda bölişlari lozim. Agar ertaroq çiqişmasa, odamlarning katta oqimiga moslaşmagan jamoat transporti pand berib qöyişi ham mumkin. Köpçilik bir kun avval taksiga buyurtma berib, sinovga vaqtida yetib boriş uçun könglini töq qilgan. Viloyatlardan borib, şahri azim Toşkentda öqişni ixtiyor etganlar allaqaçon yölga çiqib, mehmonxonalarni töldirgan bölsalar kerak.
25 iyul kuni test imtihonlarini namunali taşkil etiş masalasi davlat miqiyosida Boş vazir boşçiligidagi videoselektorda körib çiqildi. Bunday e'tibordan söng, muhim tadbirga tayyorgarlik işlari risoladagidek ötişi tayin.
Meni hayratga solgani viloyat mutasaddilarini imtihonga taşrif buyuruvçi ota-onalarga alohida joylar taşkil qilinişi töğrisidagi axboroti böldi. Ayniqsa, Toşkent şahridan taşqari, nisbatan oliy öquv yurtlari köproq bölgan Samarqand va Andijon şaharlarida bu muammo köproq ekan. Tasavvur qiling! Şaharga 100 minglik abituriyentlar oqimi bilan bir vaqtda xuddi şunça ota-onalar ham kirib kelişadi.
Majlisda Toşkent şahar hokimi Rahmonbek Usmonov test sinovlari ötadigan 28ta oliy, 61ta umummaktab, 31ta akademik litseyda 142 ta bino va 5832 ta auditoriya belgilab olingani haqida ma'lumot berdi. Endi mana şu joylardan 100 metr uzoqlikda ota-onalar uçun alohida joylar taşkil etilar ekan. Ular uçun salqin içimliklar savdosi, tibbiyot xizmati ham yölga qöyiladi.
Ota-onalarning öz farzandlari bilan imtihonga birga borişidan ne naf bor? Men şu savolni imtihonga öğli bilan birga borişni rejalaştirayotgan tanişimga aytsam u: “Dalda bölib turamizda!”, dedi. Qiziq... Axir, abituriyent turli tekşiruvlardan ötib, auditoriyaga yakka özi kirib ketadi-ku! Mabodo, öşa kuni imtihondan öta olmay, özimizni tilda “yiqilib” qolganda ham könglini kötariş uçun borib turiş joiz bölardi. Natijalar ham öşa kuni çiqmasligi tayin.







