Şveytsariya politsiyasi Şaffxauzenda odamlarga motorli arra bilan hujum qilgan kimsa şaxsini aniqladi. Jinoyatçi 51 yoşli Frank Vruzis ismli şaxs bölib çiqqan. Vruzis oxirgi bir neça hafta şahar atrofidagi örmonda yaşagan, deb xabar bermoqda Blick naşri.
Naşr ma'lumotlariga köra, Vruzisning doimiy yaşaş joyi yöq bölib, u oxirgi vaqtda Şaffxauzendan 2 km uzoqlikdagi Uvizen obşinasida yaşagan. Mahalliy aholining aytişiça, u özini ba'zida tajovuzkor tutgan.

Vruzis avval kvartira ijaraga olgan odamlardan birining aytişiça, Vruzis avariyaga uçrab, jarohat olganda unikiga joylaşgan. Jinoyatçini bilgan yana bir guvohning aytişiça, u özi uçun yolğiz yaşaşni istayotgani va toğlarga ketmoqçi bölganini aytgan.
Politsiyada ma'lum qilinişiça, Vruzis CSS Assurance suğurta kompaniyasi mijozi bölgan. Ayni vaqtda Vruzis qidirilmoqda, huquq-tartibot idoralari esa u "xavfli, tajovuzkor va ruhiyatida muammolarga egaligidan" ogohlantirgan.
Avvalroq Şaffxauzen şahrida noma'lum qimsa odamlarga hujum qilgani ma'lum qilingan. Hujum oqibatida 5 kişi jarohat olgan, ulardan 2 nafarining jarohatlari jiddiy. Hujum CSS Assurance suğurta kompaniyasi filialida amalga oşirilgan. Jinoyatçi voqea joyidan avtomobilda qoçib qolgan.








