Isroil politsiyasi Al-Qudsdagi Al-Aqso masjidining Bob al-Asbat darvozasi yonida namoz öqiyotgan falastinliklarga qarşi kuç işlatdi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.
Politsiyaçilar falastinliklarga qarşi rezina öqlar, şovqin granatalari va közdan yoş sizdiruvçi gazdan foydalanişgan.
Falastin Qizil yarim oy jamiyati 13 kişi jarohat olgani haqida xabar berdi
Guvohlarning sözlariga köra, politsiya jurnalistlarga bosim ötkazib, voqea joyida suratga olişni taqiqlab qöygan. Şu bilan birga, fotomuxbirlardan biri kaltaklandi va qölga olindi.












