Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlaş sifatini oşirişda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining iştirokini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga köra, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xotin-qizlar qömitasi, Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Milliy ğoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi bir oy muddat içida mamlakatimizda ijtimoiy soğlom muhitni şakllantiriş, yoşlar tarbiyasining ta'sirçan mexanizmlarini joriy etiş, şaxsning ma'naviy kamol topişini psixologik qöllab-quvvatlaşni ta'minlaş, soha mutaxassislarining psixologik bilim va könikmalarini şakllantiriş, ularning ilmiy-amaliy asoslarini yaratiş maqsadida Toşkent davlat pedagogika universiteti tarkibida Psixologiya öquv-ilmiy markazini taşkil etiş böyiça öz takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritişlari belgilangan. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlaş sifatini oşirişda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining iştirokini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori respublika oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantiriş, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining yuqori malakali kadrlarga bölgan ehtiyojlarini ta'minlaş, ilmiy-pedagogik salohiyatni oşiriş, ilm-fan va işlab çiqariş örtasida integratsiyani ta'minlaş, yoşlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etiş uçun yönaltirilgan yana bir muhim amaliy sa'y-harakatdir.