O‘zbekiston | 16:19 / 31.08.2022
9185
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat pedagogika universiteti va «Mehrli maktab» gospital maktabida kasbiy amaliy seminar o‘tkazildi

«Zamin» fondi, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi «UchimZnayem» loyihasi bilan hamkorlikda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va «Mehrli maktab» gospital-maktabida kasbiy amaliy seminarlar o‘tkazdi.

Intensiv shakldagi amaliy seminarlarda Nizomiy nomidagi TDPU, Puchon universiteti filiali va boshqa oliygohlardan 100 nafarga yaqin o‘qituvchi ishtirok etgan.

«UchimZnayem» loyihasi pedagoglari uning rahbari Sergey Sharikov boshchiligida uzoq muddat davomida davolanayotgan bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazish va gospital-maktabda ta’lim muhitini yaratishga bag‘ishlangan uchrashuvlar, mahorat saboqlari va seminarlar o‘tkazdi. 

Gospitalda pedagogika sohasidagi ilmiy bazani barqaror rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, bakalavriat dasturlariga gospital pedagogika bo‘yicha modul kiritish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid