Televideniyega gazetalarimiz haqida e'lon bermoqçi edik. Şu bois e'lon va reklamalar tariflari bilan qiziqdik. Milliy teleradiokompaniyaning bu işga mas'ul xodimlari bilan gaplaşgan edim, tariflar haqidagi ma'lumotni bir zumda elektron poçtamga taşlab berişdi. Avvaliga poçtaga kelgan xatdagi yozuvlarga unçalik işonmadim. Sababi tariflarning asosiy qismi sömda emas, AQŞ dollarida körsatilgan ekan. Şu bois xayolimda bitta savol paydo böldi: nima uçun dollarda?  

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi “Özbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritiş töğrisida”gi Farmoniga muvofiq 1994 yil 1 iyuldan muomalaga kiritilgan milliy valyutamiz mamlakatimiz mustaqilligining asosiy ramzlaridan biri hisoblanadi. Öşa sanadan boşlab Özbekiston hududida “Söm” qonuniy tölov vositasi bölib kelmoqda. Unda nega televideniyedagilar reklama uçun tölovni AQŞ dollarida talab qilayapti?

Pulning qiymat ölçovi sifatidagi funksiyasi baholar şakllanişi bilan  tovarlar qiymatini baholaşdan iborat. Şu bois puldan tovarlar va xizmatlar qiymatini soliştiriş va ölçaş uçun foydalaniladi. Nahotki söm öşa vazifani bajara olmasa?

Töğri, televideniyega reklama olib borsangiz, sizdan dollar talab qilmaydi, lekin pulni sömda öşa kuni Markaziy Bank belgilagan kursda tölaşingiz kerak. Vaholanki, kurs har haftada özgarib, oşib borayapti. Bu menimça hisob-kitoblarda ham qöşimça noqulayliklar tuğdirsa kerak.  Şu örinda aytib ötişimiz lozimki, xorijiy korxona va kompaniyalarning reklama hamda e'lonlari, sözsiz, erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada bölişi kerak. Bu televideniyemiz rivojiga xizmat qiladi.

Albatta, televideniyedagilar  GM Uzbekistan AJ, Ucell, Beeline, UMS  Perfectum kabi mobil aloqa kompaniyalari ham hisob-kitobni AQŞ dollarida hisoblaşayapti-ku, deyişlari mumkin. Ularning e'tirozlarida jon bor. Ammo şuni ham unutmaslik kerakki, yuqorida tilga olingan korxona va kompaniyalarning xorijga aloqadorlik tomonlari bor. Masalan, GM Uzbekistan’da işlab çiqarilayotgan avtomobillar qismlarining ma'lum foizi çet davlatlardan valyutaga olib kelinadi. 

Şunday bölsa-da, ularning ham bu harakatlarini oqlab bölmaydi. Ayni paytda avtomobillar sömda, lekin AQŞ dollarining Markaziy Bank belgilagan kursida sotilayapti. Bu degani har hafta avtomobillar bahosi oşayapti. Dunyoning qaysi mamlakatida şunaqa narx bor? Jahondagi qaysi avtomobil işlab çiqaruvçi korxonaning avtomobillari bahosi har haftada özgarib turadi?

Endi yuqorida tilga olingan mobil aloqa kompaniyalar haqida. Ularning narx siyosati ham GM Uzbekistan bilan bir xil. Har hafta mobil aloqa xizmati bahosi oşib borayapti. Bu qanaqa narx siyosati ekanligini bironta mutaxassis tuşintirib bera oladimi? Bu yerda ham yuqoridagi savolni takrorlaşga töğri keladi: nahotki söm qiymat ölçovi vazifasini bajara olmayotgan bölsa?