Mobil qurilmadagi «Samolar jangi: Qahramonlar fazosi» (Star Wars: Galaxy of Heros) öyini gadjyet foydalanuvçisiga uni öyinga qaytişga çorlab bir neça bora xabarlar yuboradi. Bu taktika iş bermoqda. Öyinçi mobil ilovani örnatgan birinçi olti oy davomida kuniga örtaça 162 daqiqani aynan şu öyinda ötkazmoqda. Electronic Arts Inc. EA'ning ma'lumotiga köra, odatda insonlar uyali aloqa vositasidagi öyin bilan 45 daqiqa maşğul böladi.
Elektron bozordagi köplab ilovalar bepul bölganligi uçun işlab çiqaruvçilar mahsulotining doimiy rivojlanib borişiga ham e'tibor qaratadi. Foydalanuvçilarni çaqiriq-xabarlar, eslatma, bonus mukofotlari bilan rağbatlantirgan holda, yana öyinga qaytişga undaydi. Benchmark Co. texnologik masalalar böyiça tahlilçisining aytişiça, qançalik öyinga moyillik yuqori bölsa, öyinçi şunçalik karmonidagi pullarni ayamay sarflaydi.
Mutaxassislarning fikriça, öyinçilar yangi ilovani yuklab olganidan 16 soat ötib birinçi 2 dollarini sarf etişi mumkin.












