Uber hammuassisi va direktorlar kengaşi a'zosi Garret Kamp öz xodimlariga yöllagan maktubida kompaniyaning asosçisi va sobiq boş direktori Trevis Kalanik öz lavozimiga qaytmasligini ma'lum qilgan. Bu haqida Recode öz tasarrufidagi ma'lumot matnidan kelib çiqib xabar berdi. 

Kampning sözlariga köra, u sönggi haftada yangi boş direktor masalasida bir neça taklif olgan. Kompaniya hozirça Kalanikning örniga boşqa rahbar izlamoqda. 

Uber hammuassisi "yangi rahbar va töğri yetakçi davri kelgani", bu kompaniya rivojining keyingi bosqiçida yordam berişini ta'kidlagan. Kamp bölğusi rahbarni "jahon toifasidagi yangi CEO"sifatida tasvirlagan. "Siz yangiliklar dasturlarida eşitgan miş-mişlarga qaramay, Trevis boş direktor lavozimiga qaytmaydi", - dedi direktorlar kengaşi raisi. 

Recode manbasi ma'lumotlariga köra, Uber direktorlar kengaşi nomzodlar röyxatini tört kişigaça qisqartirgan. Ularning ismi şarifi hozirça ma'lum qilinmagan. 

Trevis Kalanik 21 iyun kuni iste'foga çiqqan. Ta'kidlanişiça, bunga bir neça korporativ mojarolar hamda davlat xizmatçilarini "aldaş" sabab bölgan.