AQŞ tarixida 12 avgust sanasi tund qiyofadagi kişilarning hayqiriği, irqlar kuraşi va qotilliklar yuz bergan kun sifatida nom qoldirdi. Şarlotsvilldagi namoyişçilar ustiga maşina bilan bostirib borgan Jyeyms Aleks Filds Kiçkinaning harakatiga nisbatan mamlakat rahbari jiddiy munosabatda bölmagani masalani çigallaştirib yubordi. Muammo nimadan kelib çiqdi va nega avj olib borayapti?

Masalaning javobi AQŞ fuqarolar uruşida

1861 yil 12 aprelda boşlangan fuqarolar uruşi mamlakatda misli körilmagan qurbonlar sonining ortib borişi, iqtisodiy tuşkunlik, irqçilik va millatçilik körinişidagi ziddiyatlarni tugatiş bilan yakunlandi. Uillyam Foks va Tomas Leonard Livermor ötkazgan tadqiqotlardan ayon böladiki, mazkur uruşda qariyb 620,000 kişi vafot etgan. 1889 yilda aniqlangan bu raqamlar hozirgi paytgaça fuqarolar uruşida halok bölgan eng katta raqam sifatida e'tirof etiladi.

Şimol va janub ştatlarining töqnaşuviga, asosan, yangi taşkil etilayotgan hududlarda quldorlik tizimini bekor qiliş masalasi sabab bölgan, deya keltiriladi. Aslida şimoliy hududlarda qora tanlilarning huquqlari qisman tiklangan bölib, janubda quldorlik hamon barqaror edi. Paxta plantatsiyalari, yirik ferma xöjaligida xizmat qiluvçi qora tanli arzon işçi kuçi quldorlik tizimini yöqolib ketmasligining asosiy omili bölgan. Şundan keyin, ştatlar erkinlik va fuqarolik jamiyati uçun qöliga qurol oldi. Fuqarolar uruşining yakunida, 1865 yilning 9 aprel kunida janub armiyasi qömondonlarining sönggisi, general Robert Li jang maydonida yengildi. Şuning bilan Amerika konfederativ ştatlari öz umrini yaşab ötdi.

Aynan öşa qömondon Robert Lining haykali irqçilik eng avj olgan Virjiniyaning Şarlotsvill şahrida örnatilgan.

8 iyul kuni haykalda qizil böyoqlar bilan bitilgan «Qoralar masalasi muhim» yozuvi paydo böldi.

Keyinçalik maktab öquvçisi haykalni Şarlotsvilldan olib taşlaş töğrisidagi petitsiya boşlaşi ziddiyat kölamini kengaytirdi.

Şarlotsvilldagi namoyişlar qanday boşlandi?

Oq tanli irqçilar guruhi, neo-faşist, neo-konfederatsiyaçi va öng qöl tarafdorlari 12-13 avgust kunlarida AQŞ fuqarolar uruşi davridan meros bölib qolgan madaniy yodgorliklarga, xususan, Robert Lining haykaliga tegmaslikni sörab çiqişdi. Şarlotsvillda haykalning olib taşlanişiga qarşi osoyişta aksiya tuş vaqtiga ötkazilişi belgilangan edi, biroq uni keskin ravişda avj olgan vaziyat sababli bekor qilişga töğri kelgan.