Farğonadagi “ot öyinlar”, öğirlangan bankir va poraxör sudya - hafta dayjesti
|14:20 / 06.07.202516 82316 min
Şahar örtasida heç qanaqa hujjatsiz qurilgan zapravkaning portlaşi: inson hayoti maşinadan ham arzonga baholandi. Poraxör sudya boşqa bir poraxörni oqlab bermoqçi böldi, tölov esa istalgan uslubda: naqdingiz bölmasa, “klik” qilsa ham böladi. Hollivud kinolari hayotga köçganda: özbek bankiri Parijda öğirlab ketildi. Önlab jarimalari öçirilgan Malibu: qoidabuzar YHXB boşliğining xotini bölib çiqdi. Ortda qolgan hafta voqealari – Kun.uz dayjestida.
Farğonadagi portlaş: sud hukmidan nimalar ma’lum böldi?
Özbekistonda heç qanaqa hujjatsiz, şaharning örtasiga propan şoxobçasi qursa bölar ekan. Bu noqonuniy şoxobça işga tuşib, toki portlab ketmagunça, uning noqonuniyligi bilan biror bir davlat idorasining işi bölmas ekan. Hatto bu şoxobçaga heç qanaqa hujjatsiz, ulgurji tarzda propan yetkazib beruvçilar ham topilar ekan. Eng açinarlisi, jinoyat natijasida yonib ketgan insonlar hayotining qiymati – avtomobilga yetgan zarar qiymatiçalik emas, deb baholanişi mumkin ekan.
Ahvolimiz şu darajada ekanini bizga “Farğona Layli Naxor” xususiy korxonasi isbotlab berdi. Afsuski, bu aççiq isbot uçun jamiyatimiz tört insonning, jumladan uçta bolaning hayoti bilan tovon töladi.
24 iyun kuni jinoyat işlari böyiça Farğona tuman sudida Farğona şahri Ahmad Yassaviy köçasida joylaşgan benzin va propan quyiş şoxobçasida dekabr oyida röy bergan portlaşga oid jinoyat işi doirasida sudlanuvçilarga hukm öqildi. Hukmdan ma’lum bölişiça, şoxobça rahbari Mansur Matkarimov muqaddam sodir etgan jinoyati uçun berilgan sinov muddatini ötab bölmay turib, yangi jinoyatga qöl urgan. U ötgan yili avgust oyida özi boşqarayotgan benzin şoxobçasi hududida heç qanaqa hujjatlarsiz, özboşimçalik bilan propan quyiş uskunalarini örnatgan. Keyinroq, propan sotiş uçun litsenziyasi bölmasa ham, “GTL Gaz” MÇJdan bir neçta partiyalarda önlab tonna propanni oğzaki kelişuv asosida sotib olib, avtomobillarga quya boşlagan.
Köza kunda emas, kunida sinadi. Şoxobça noqonuniy tarzda propan sota boşlaganidan bir neça hafta ötib, “köza”ning sinadigan kuni kelgan. Navbatdagi partiyada olib kelingan 20 tonnalik propanni sinovdan ötkazilgani haqida soxta hujjatlar rasmiylaştirilgan konteynerga quyiş vaqtida konteyner yorilib, suyultirilgan gaz atrofga tarqalib ketgan. Atrofni qoplab olgan oq rangli gaz şu yaqin atrofda joylaşgan “Orzu” kafesigaça yetib borib, u yerdagi yonğin manbayi bilan ta’sirlanişi natijasida katta portlaş kelib çiqqan.
Mavzuga oid
Natijada şoxobçaga yaqin joyga öz maşinasida kelgan bir ayol, uning 2 va 4 yoşli ikki öğli hamda 18 yoşli jiyani halok bölgan. Yana 9 kişi kuyiş jarohatini olgan. 4 ta köp qavatli uy va 19 ta avtomobilga zarar yetgan. Fojiada qizi va uç nabirasidan ayrilgan Jamila Oripovaning Kun.uz'ga aytişiça, şoxobça egasi Azizxöja Mavlonov tört nafar qurbonning har biri uçun 25 ming dollardan kompensatsiya berişini va’da qilgan, lekin hozirgaça faqat 5 ming dollar berilgan. Sud hukmida har bir jonga 310 mln sömdan ma’naviy zarar undiriş belgilangani – ana şu aytilgan 25 ming dollarga mos keladi.
Bu örinda, inson hayoti uçun tölanadigan tovon miqdori – voqeada zarar körgan ayrim maşinalarning baholangan qiymatidan ham kamligi e’tiborli. Xususan, BMW X3 avtomobiliga yetgan zarar 52 ming dollarga, Kia K8 avtomobiliga yetgan zarar 34 ming dollarga baholangan. Boşqaça aytganda, aybdorlar ularning aybi bilan yonib ketgan odamlardan ham köra, yonib ketgan maşinalar uçun köproq tovon tölaydi.
Mansur Matkarimov sudda bergan körsatmasida AYoQŞni egasi Azizxöja Mavlonovdan oğzaki kelişuv asosida ijaraga olganini, şoxobçani propan ham sotişga moslaştirganidan Mavlonov bexabar bölganini aytgan. Sud Matkarimovni 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Soxta hujjatlar tayyorlab bergan ikki şaxsdan biri 4 yil-u 3 oyga, ikkinçisi 3 yilga qamaldi. Quriliş-montaj işlarini bajargan şaxsga esa 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
Bu iş böyiça jamoatçilikda sud va tergov jarayonlari bilan boğliq köplab savollar oçiq qoldi. Agar davlatning jamiyat oldidagi hisobdorligi yuqori mamlakatlarda bölgani kabi matbuot anjumani ötkazilganida, ana şu savollar yangragan bölardi. Özbekistonda esa reallik butkul boşqaça: matbuot anjumani ötkaziş tugul, mas’ul taşkilotlar sud hukmi çiqqani haqida bir enlik rasmiy xabar berib qöyişga ham yaramadi.
Özbek millioneri Parijda öğirlab ketildi
Özbekistonda milliard dollarlik biznes egasining Parijda, xuddi kinolardagidek öğirlab ketilişi, keyinroq garov evaziga qöyib yuborilişi – haftaning eng şov-şuvli voqealaridan biri böldi. Ma’lum bölişiça, Anorbankning asosiy aksioneri Qahramon Olimov 23 iyun kuni Parijda öğirlab ketilib, 10 mln dollar berişi uçun qiynoqqa solingan, biznesmen 200 ming dollar avans bergaç, qöyib yuborilgan.
Tergov hujjatlari bilan tanişgan Le Monde'ning yozişiça, 48 yoşli bankir Fransiyaga 22 iyun kuni, fransuz hamkorlari bilan uçraşiş va köçmas mulk sotib oliş maqsadida borgan. Şu kuni u özi joylaşgan mehmonxona barida ötirganida, özini Anastasiya deb taniştirgan badavlat kiyimdagi bir ayol kelib, tanişişni taklif qilgan. Turkiyada gözallik salonida işlaşini aytib, ingliz va rus tillarida gapirgan ayol, biznesmenni baliq restoranida tuşlikka taklif etgan. Ular mehmonxonadan çiqib, bir neça qadam yurişgaç, xiyobonda notaniş şaxs ularni töxtatgan. Bu şaxs rus tilida, “çeçença aksent” bilan gapirgan va ikki şerigi bilan birga, Olimovning qöllarini qayirib, mikroavtobusda olib ketgan.
Mikroavtobus bir neça soat yurib, bankirni baland panjarali uyga olib borgan. Qahramon Olimov u yerda yirik bankdagi sobiq şerigi bölmiş B.R.ning işonçli vakiliga duç kelgan. Olimov tergov paytida B.R.ni “qonundagi öğri” va nufuzli jinoiy guruh a’zosi deb atagan. Uning sözlariga köra, ular örtasidagi nizo – öşa yirik bankdagi uluşlar bilan boğliq: B.R. Qahramon Olimovni özi vaqtinça Turkiyada quvğinda bölgan paytidan foydalanib, öşa yirik bankdagi uluşini sotib olganlikda ayblab keladi.
Öğrilar Qahramon Olimovni avval şu yerda, keyin Nitssaagi villa yertölasida kaltaklaşgan, hatto böyniga tiğ tortişni imitatsiya qilişgan. Oxir-oqibat bankir 5 mln dollarlik qarz haqida tilxat yozib berişga majbur bölgan. U haydovçisi orqali Toşkentdagi vositaçiga 200 ming dollar avans ötkazib bergaç, qöyib yuborişgan.
Fransuz gazetasi bu voqeni “Parijning boy tumanlaridan birida yuz bergan haqiqiy öğirlaş hodisasi” deb atadi. Naşrning yozişiça, “josuslik romanlariga xos bunday voqea”dan fransuz politsiyasi va prokuraturasi “hayratdan yoqa uşlab qolgan”. Jabrlanuvçining arizasidan keyin, politsiya turk millatiga mansub bir gumonlanuvçini qölga olgan. Qahramon Olimov darhol Toşkentga qaytib, öziga qöriqçi yollagan. Öğrilikning taxminiy taşkilotçisi esa unga Telegram orqali tahdid va talablar yuborişda davom etmoqda.
Poraxörliklar “xit-paradi”
Özbekistonda odam öğirlaşga buyurtma beradigan biznesmenlar bilan birga, porani plastik karta orqali oladigan dovyurak mulozimlar ham bor ekan. Payşanba kuni Oliy sud jinoyat işlari böyiça Xorazm viloyati Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi qölga olingani haqida xabar berdi. DXXning aniqlik kiritişiça, sudya Tuproqqal’a tumanidagi sudda körib çiqilayotgan poraxörlik jinoyatida hamkasblari orqali sudlanuvçiga oqlov hukmi çiqartirib beriş va’dasi bilan 15 ming dollar söragan. Şundan 2 ming dollarini naqd şaklda, 24 mln sömni esa plastik karta orqali olgan. Lekin bergan va’dasining ustidan çiqa olmagan sudya, olgan pullarining bir qismini qaytarayotgan paytida, qölga tuşgan.
Tezkor tadbirda qölga olingan yana bir mansabdor Ohangaron şahar hokimligida bölim boşliği bölib işlaydi. U fuqaroga hokimiyat balansiga ötkazilişi rejalaştirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanişlari orqali uning nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan. Amaldor buning uçun 18,5 ming dollar talab qilib, şundan 9,5 ming dollarini olganida uşlangan.
Poraxörlik jinoyatlari böyiça hafta “xit-paradi”ning uçinçi örnini samarqandlik mansabdor egalladi. Texnik tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasining Samarqand viloyati bölimi boş mutaxassisi 3 ming dollar sörab, şundan 2,5 ming dollarini öz xizmat xonasida olgan vaqtida qölga tuşdi. U Paxtaçi tumanidagi ğişt zavodida aniqlangan kamçiliklarni börttirib, sifatsiz ğişt işlab çiqarilgani uçun 226 mln sömlik jarimani 25 mln sömga tuşirib beriş uçun pora söragani aytilmoqda.
Yana Farğona...
Hafta davomida mansab vakolatidan çetga çiqiş bilan boğliq yana ikkita holat öz tasdiğini topdi, lekin ular böyiça biror bir iş oçilganidan darak bölgani yöq. Hafta boşida biz yuqorida keltirib ötganimiz propan portlaşi tafsilotlari bilan butun Özbekiston e’tiborini tortgan Farğona, hafta oxiriga kelib yana diqqat markaziga tuşdi. Biz yana taajjub bilan “ekan” sözini işlatişga majburmiz: Özbekistonda tanişi bor haydovçilar radar va kameralarga ham qaramasdan, xohlagança yallo qilişi mumkin ekan. Qaysidir fuqaro buni bilib qolib, arz qilmagunça, YPX xodimlari jarimalarni bekor qilib ötiraverar ekan.
Şanba kuni Farğona viloyati IIB Yöl harakati xavfsizligi xizmati davlat raqami 40 081 SBA bölgan Malibu'da sodir etilgan qoidabuzarliklar böyiça 106 ta jarima asossiz bekor qilib kelingani haqida internetda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi. IIBga köra, bir muddat oldin bir fuqaroning arizasiga asosan xizmat tekşiruvi ötkazilib, boşqarmaning 5 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo tayinlangan. Jarimalar esa tiklangan va belgilangan tartibda undirilgan.
Kun.uz manbalariga köra, jarimalari asossiz ravişda öçirib kelingan Malibu avtomobili – viloyat IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği podpolkovnik Akmal Ahmedovning turmuş örtoğiga tegişli bölgan. Ahmedovning matbuot kotibi bekor qilingan jarimalar soni 61 ta ekani, ular 2024-2025 yillarda sodir etilgan qoidabuzarliklarga taalluqli bölganini aytdi.
Intizomiy jazo olgani aytilgan boşqa bir taşkilot xodimlarining ham faoliyati avtomobilga taalluqli. Kun.uz may oyida Piskentdagi avtopoligonda navbatsiz sertifikat olişning korrupsiyaviy yöllari bölişi mumkinligi haqida yozgandi. UzTest'ning ma’lum qilişiça, 28 iyunga navbati olingan avtomobil uçun 20 may kuni sertifikat berilgani öz tasdiğini topgan. Buning uçun elektromagnit moslaşuvçanlik laboratoriyasi mutaxassisi va iş yurituvçisiga intizomiy çora körilgan. Rasmiylarga köra, hozirda bu kabi korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş uçun elektron tizimga özgarişlar kiritilgan va navbati kelmagan maşinaga sertifikat beriş imkoniyati çeklab qöyilgan.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Içki aviareyslar yölovçilari endi aeroportga pasport kötarib borişi şart emas. 1iyuldan boşlab, aeroportlarda içki reyslar uçun pasportning elektron şakli bilan röyxatdan ötiş mumkin böldi. Buning uçun telefonga MyGov ilovasini örnatib, hujjatning raqamli şaklini körsatiş kerak böladi. Hukumat qaroriga asosan, bunday tartib vokzallarda ham joriy etilişi kerak. Umuman, 1 iyuldan boşlab davlat xizmatlarini körsatişda 20 ga yaqin hujjatlarning raqamli şaklini qabul qiliş majburiy deb belgilandi. Lekin bu talab yölda töxtatilgan haydovçilarga taalluqli emas. YPX xodimi töxtatganida, haydovçi bundan keyin ham hujjatlarning asl nusxasini taqdim etişi kerak.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga davlat taşrifini amalga oşirdi. 3 kunlik taşrif Bokuning Moskva bilan mojarosi avj olgan pallaga töğri kelib qoldi va siyosatşunoslar nazarida, garçi tasodif bölsa-da, turkiy birlikni urğulovçi yaxşi signal böldi. Tomonlar ötgan yili tuzilgan ittifoqçilik şartnomasini röyobga çiqariş böyiça yöl xaritasini tasdiqladi, qator hujjatlar imzolandi. 2030 yilga borib özaro savdoni 1 mlrd dollarga çiqarişga kelişib olindi. Şavkat Mirziyoyev bu safar ham Ozarboyjon suvereniteti tiklangan Qoraboğda mehmon böldi. Bokuda 8,5 gektarlik Özbekiston boği qurilişi boşlandi, Özbekiston elçixonasining yangi binosi oçildi. Ikki davlat futzal böyiça jahon çempionatiga birgalikda mezbonlik qilişni rejalaştirmoqda.
Andijon viloyati Xöjaobod tumanida profilaktika inspektori xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda halok böldi. Abdurasul Abduvaliyev 102 raqamiga tuşgan murojaat asosida, oila a’zolarini öldiriş bilan tahdid qilayotgan erkakning xonadoniga borganida, erkak uni piçoqlab qöygan. 65 yoşli qotil oradan uç kun ötib qölga olindi. Qabristondagi makkapoya içida yaşirinib yotgan erkak tong saharda röy bergan qölga oliş çoğida özining qorniga piçoq bilan jarohat yetkazgan va şifoxonaga olib borilgan. Profilaktika inspektori madhiya sadolari ostida sönggi manzilga kuzatildi. Janoza marosimida IIB xodimlari saf tortib, marhumga hurmat sifatida osmonga qarata bir neça bor öq uzişdi.
Qirğiziston aholi daromadlarining ösişi böyiça Markaziy Osiyoda 1-öringa çiqdi. Qöşni mamlakatda aholi jon boşiga daromadlar oxirgi 3 yilda 85 foizga oşib, 2 500 dollarga yetgan. Özbekistonda esa bu körsatkiçlar 37 foiz va 3100 dollarni taşkil etadi. Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevga köra, bunday ösiş tendensiyasi saqlanib qoladigan bölsa, Qirğiziston 2027 yilga borib jon boşiga daromadlar böyiça Özbekistondan ötib ketadi. 2030 yilga borib, örtaça qirğizistonlik örtaça özbekistonlikdan 1,5 baravarga boyroq bölişi mumkin.
Xususiy universitetlar uçun yana yangi talablar e’lon qilindi. Hukumat qaroriga köra, bundan buyon xususiy OTM oçişni xohlaganlar kamida 2 mln dollarlik ustav fondini şakllantirişi, bankka 350 ming dollar depozit qöyişi, öquv binolari maydoni 5 ming kv.metrdan kam bölmasligi, ulardan foydalaniş böyiça kamida 5 yillik ijara şartnomasiga ega bölişi kerak. Bundan taşqari, investorlar universitet oçganidan keyin 5 yil davomida sof foydaning kamida 80 foizini, keyingi yillarda esa kamida 50 foizini qayta investitsiya qilişga majbur. Eslatib ötamiz, may oyida ham xususiy, ham davlat oliygohlari uçun yangi talablar belgilovçi farmon imzolangan edi. Undan avvalroq, ayrim taşkilotlar xususiy universitetlarga noqonuniy “ölpon” joriy qilişga uringan edi.
Quriliş oynalarini qayta işlaş uçun utilizatsiya yiğimi joriy etilmoqda. Deputatlar 1 iyul kuni bu haqdagi qonunni birinçi öqişda qabul qildi. Qonunni importga çeklovlari bilan maşhur Texnik tartibga soliş agentligi işlab çiqqan. Parlamentda sözga çiqqan agentlik direktori Akmal Jumanazarov quriliş oynalari uçun utilizatsiya yiğimi joriy etilişini ekologik zarurat bilan izohladi. Eslatib ötamiz, Özbekistonda avtomobillar uçun ham utilizatsiya yiğimi joriy qilingan, 1 maydan boşlab yangi elektromobillar uçun bu yiğim miqdori 4 barobarga oşirilgan edi. Hozir elektromobil xaridorlari 3500 dollarlik yiğimni nega tölayotganini bilmaydi: utilizatsiya ölponidan tuşgan trillionlar qayerga ketayotgani şu paytgaça oçiqlanmagan.
Muallif – Komron Çegaboyev Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova
Tasvirçi – Şohruz Abdurayimov