Sun’iy intellekt – odamlarning işini yengillaştiradi, bir qator kasblar örniga yangilari paydo böladi, lekin u tobora aqlli bölib borişi bilan, vaqti kelib tahdidga aylanişi mumkinligini ham istisno qilib bölmaydi, deydi Texas universitetida sun’iy intellekt böyiça doktoranturada öqiyotgan Anvar Zohidov.

Sun’iy intellekt – bugunning eng qudratli vositasi. Va bu vosita ustida ilmiy iş olib borayotganlar orasida bir özbekistonlik ham bor. Anvar Zohidov – yoş olim, AQŞning Dallas okrugidagi Texas universitetida sun’iy intellekt böyiça PhD talabasi va şu yönalişda talabalarga dars beradi.

Anvar Toşkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgaç, Fransiya hukumati grantini yutib, Nitssadagi Côte d'Azur universitetida magistratura bosqiçini tamomlagan. U yerda alsgeymer kasalligiga oid ilmiy tadqiqotda qatnaşib, sun’iy intellekt yordamida iş jarayonini 80 foizga tezlaştirişga muvaffaq bölgan.

Yoş mutaxassis Kun.uz bilan suhbatda öz karerasi, zamonaviy ilm-fanning eng old çiziğida nima bölayotgani, sun’iy intellekt insoniyat hayotini qanday özgartirişi mumkinligi haqida gapirib berdi.

“Alsgeymer kasalligi ustidagi tadqiqotda sun’iy intellet dasturini işlab çiqdim”

(Alsgeymer – miya hujayralari asta-sekin yemirilib, xotira, fikrlaş va kundalik hayotni boşqariş qobiliyatining pasayişiga olib keladigan surunkali asab kasalligi)

— Nitssada magistraturada öqib yurganimda CNRS (Fransiya ilmiy tadqiqotlar milliy markazi)ga işga kirganman. U yerda alsgeymer kasalligi ustidagi tadqiqotda iştirok etganman. Doktorlar va injyenerlar orasida, sun’iy intellekt böyiça injyener bölib işlaganman. Har xil tajribalar qilişadi. Mening vazifam ularning ma’lumotlarini texnik tahlil qiliş edi. Ma’lumotlar hammasi alsgeymer kasalligi bilan boğliq bölgan. Metformin degan dori bölgan, jamoa uning ustida tadqiqot ötkazgan. Inson agar alsgeymer kasalligiga çalinsa, metformin bu kasallikning oldini olişi yoki uni yengillaştirişi mumkinmi – şu masala ustida işlaşgan. Qiziq bölgan, boşida borganimda qanaqa tadqiqotlar bölganini tuşuntirişgan. Laboratoriya kalamuşlariga virus yuqtirişgan, ularni östirib 11 oydan keyin öldirib, miyasidan namuna olişgan va içidagi hamma proteinlar va molekulyar ma’lumotlarni olib yiğişgan, katta ma’lumotlar bazasi yuzaga kelgan. Mening işim ma’lumotlarni tahlil qiliş edi. Soğ kalamuşlar va kasallarini bir biriga soliştirganmiz. Bu tajriba menga qiziq va qiyin bölgan, çunki biologiya böyiça bilimlarim bölmagan, har bir proteinlarni örganib çiqqanman. Köp vaqt ketgan.