Google’ga tegişli Waymo kompaniyasi ançadan beri maşinani haydovçisiz boşqariş texnologiyalarini yaratiş bilan şuğullanib keladi. Biroq bu yerda birgina dasturiy ta'minot bilan çeklanib bölmaydi – mutaxassislar kelgusida yarab qolişi mumkin bölgan turli yangi texnologiyalarni ixtiro qilib, ularni patentlaştirmoqdalar. Ulardan biri rul va turli indikatorlar örniga bir neçtagina tugmaça joylaşadigan kelajak asboblar paneli hisoblanadi. 

Patentga ilova qilingan suratdan körinib turgandek, yangi panelning markazida “Go” (Yuriş) va “Stop now” (Töxtaş) tugmaçalari böladi. Bundan taşqari, bu panelda elektr oyna kötargiçlar, eşik blokiratorlari, yoruğlikni sozlaş va örindiqlarni qizdiriş tugmalari joylaşgan. Biroq patentga ilova qilingan hujjatlardan yölovçilar bunday panel yordamida zarur yönalişni qanday berişlari mumkinligini anglab bölmaydi.  

Biroq Waymo’da hoynahoy yönalişni beriş imkoniyati közda tutilgan bölişi kerak. Ehtimol, u ovozli boşqariş yoki dastur orqali amalga oşiriladi. Bunday holda foydalanuvçi avtomobilni unga odatiy usul bilan töliq nazorat qilişi mumkin böladi. Favqulodda vaziyat yuzaga kelganda esa “Stop now” tugmasi yordamida maşinani töxtatiş imkoniyati böladi.