Honda Motor avtokonserni Takata kompaniyasining kamçilikka ega xavfsizlik yostiqçalaridan jabrlangan AQŞ fuqarolari tomonidan da'vo arizalarini yopiş uçun 605 mln dollar tölaşga rozi böldi. Bu haqda avtomobil kompaniyasining özi ma'lum qildi.

Takata xavfsizlik yostiqçalari bilan boğliq bölgan sud da'volari böyiça tölovlarning umumiy miqdori 1,2 mlrd dollardan oşib ketdi. Yaponiya va Germaniyadan bölgan oltita avtomobil kompaniyasi yirik tovon pullarini tölaşga rozi böldi – ular orasida Toyota Motor, Mazda Motor va BMW bor.
 
Takata bilan boğliq mojaro 2014 yilda boşlandi. AQŞ hukumatining aniqlaşiça, kompaniya tomonidan tayyorlangan xavfsizlik yostiqçalari nasosdagi kamçiliklar tufayli avtofalokat paytida juda katta kuç bilan oçilişi mumkin, bu esa avtomobilda bölgan kişilar plastik hamda metall parçalaridan jarohatlanişi ehtimolini keltirib çiqaradi. Jahon böylab şunday hodisalar tufayli kamida 17 kişi halok bölgan.