Yaponiyaning Honda kompaniyasi Japan Mobility Show Bizweek körgazmasida harakatlanayotgan elektromobilni simsiz quvvatlaş tizimi maketini taqdim etadi. Tadbir 13–16-oktabr kunlari Makuhari Messe körgazma markazida bölib ötadi.

Tizimda yöl qoplamasiga örnatilgan uzatkiçlar energiyani harakatlanayotgan avtomobildagi qabul qilgiçga uzatadi. Uşbu texnologiyani Honda R&D kompaniyasi Taisei quriliş kompaniyasi va Taisei Rotec yöl qurilişi kompaniyasi bilan hamkorlikda işlab çiqqan: Honda uzatkiçlar va qabul qilgiçga, Taisei yuqori tezlikdagi özgarmas tok manbaiga, Taisei Rotec esa uskunalarni yöl qoplamasiga joylaştiriş usullariga masʼul hisoblanadi.

Honda bayonotiga köra, uning yöl modullari invertor va ğaltakni bitta korpusda birlaştirgan ilk işlanmadir. Bu butlovçi qismlar sonini hamda yöl işlari hajmini qisqartirib, modullarni amaldagi yöllarga ham örnatiş imkonini beradi. Sinov trassasida modullar va qoplama taxminan 20 tonnalik transport vositalari keltirib çiqargan yuklamani kötara oldi. 2026-yil oxiridan boşlab qurilişi rejalaştirilgan Tamuradagi ikkinçi poligonda esa ğildiraklarning million marta bosib ötişi hamda elektromagnit maydon sizib çiqişi sinovdan ötkaziladi.

Umumiy foydalanişdagi yöllarda sinovlar 2027-yildan boşlanişi közda tutilgan. Dastlabki sinovlar logistika va yirik tijoriy transportlarda, jumladan, Tibadagi Tateyama tezyurar avtomagistralida ötkaziladi. Honda tizimning anʼanaviy tezkor quvvatlaş tarmoğiga nisbatan narxi haqida hozirça maʼlumot bermadi: uning iqtisodiy jihatdan qançalik foydali ekani ham hali baholanişi kerak.