Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 5–6 sentabr kunlari Qirğiziston Respublikasiga davlat taşrifi yakunlari töğrisidagi Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Özbekiston» telekanali savollariga Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov javob berdi.
— Kuzatuvçilar aksariyat hollarda «mana, şunça masalalar 15-20 yil mobaynida yiğilib qoldi, yaqin orada buni hal qiliş mumkinmi yöqmi?» deb vaziyatning önglanişiga unçalik işonmas edi. Lekin barçasini hal qiliş mumkin ekan. Nega? Buning öziga yaraşa juda muhim sabablari bor. Bu birinçidan, bizning muhtaram prezidentimizning qat'iy irodasi tufayli yuz berdi. Ikkinçidan, prezidentimiz barçamizga — har bir vazirlikka oldimizda turgan vazifalarni aniq belgilab berdi. Uçinçidan, Şavkat Miromonoviç bir neça uçraşuvlari mobaynida Qirğiziston prezidenti bilan juda yaqin aloqalar örnatib, ikki mamlakat örtasidagi özaro işonçni yana bir bor qaytarib olib keldi.
Agar biz mana şu asosiy davlat taşrifining natijalari nimalardan iborat böldi, degan savolga javob bersak, albatta birinçi galda eng muhim, dolzarb va nozik masala bu — çegara masalasi ekanligini tan olişimiz kerak. Nega deganda, mana şu döstona aloqalar ham çegara orqali quriladi, muammolar ham şu çegara ortidan kelib çiqadi.
Biz juda muhim va tarixiy şartnoma tayyorladik. Muzokaralarda kelişilgan 1170 km çegara aniqlanib, şartnomaga kiritilib, imzolandi. Şartnoma qabul qilindi, prezidentlar darajasida imzolandi va bu albatta, juda katta yutuq böldi. Bundan taşqari, qöşma bayonotda biz kelajakda siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniyat va xavfsizlik sohalarida uzoq muddatli hamkorligimizni belgilab oldik va xalqaro taşkilotlar bilan hamkorligimizni ikki tomonlama va köp tomonlama asosda olib borişga kelişdik.
Prezidentimiz, hurmatli Şavkat Miromonoviç qöşimça mana şu imzolangan şartnomalarga özlarining ikki taşabbusi bilan qöşimça kiritdi: ularning birinçisi parlamentlararo hamkorlik memorandumi bölsa, ikkinçisi — bu çegaradoş hududlar rahbarlari kengaşi haqidagi hujjatdir. Uşbu kengaş boş vazirlar rahbarligida öz faoliyatini olib boradi va öylaymizki, kelgusidagi hamkorlik uçun bu juda muhim böladi.
Prezidentimizning «Qirğiziston bilan Özbekiston çegarasi — döstlik va hamkorlik çegarasi bölişi kerak», degan sözlari ertalabdan keçgaça televideniye, matbuot va barça ommaviy axborot vositalarida köp marotaba qaytarib turildi. Bundan taşqari, transport kommunikatsiyalari, suv va energetika masalalariga ham katta e'tibor berildi. Madaniy va gumanitar hamkorlikka oid köp şartnomalar imzolandi, birgina eksport kontraktlarining hajmi 150 million dollarga yetdi.
Lekin prezidentimiz ham, Qirğiziston prezidenti ham yakdil bir fikrga kelişdiki, bu hamkorlikning endigina qaytadan boşlanişi, bunday şartnomalarni bemalol 500 millionga ham, 1 milliardga ham yetkaziş mumkin. Ayniqsa transport kommunikatsiyalari oçilganida, albatta ikki davlat örtasidagi savdo-sotiq ham yurişib ketadi.
Agar prezidentimizning Qirğizistonga davlat taşrifiga siyosiy baho bermoqçi bölsak, bu çindan ham tarixiy taşrif böldi, — dedi Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov «Özbekiston» telekanaliga bergan intervyusida.












