Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon Ashxobod va Nyu-Yorkka boradi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 17-23 sentabr kunlari Ashxobod va Nyu-Yorkka boradi. Bu haqda «AP» mamlakat hukumatidagi manbaga asosan xabar bermoqda.
Imomali Rahmon Turkmaniston poytaxtida 17 sentabrda Yopiq inshootlardagi V-Osiyo o‘yinlari olimpiya mash'alasini yoqish va jangovar san'atlar bo‘yicha «Ashxobod-2017»ning tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Ashxobodda Tojikiston prezidentining boshqa davlatlar yetakchilari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlari rejalashtirilgan. Ular Turkmaniston rahbari taklifiga ko‘ra Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida qatnashadi.
Tojikiston rahbari Ashxoboddan Nyu-Yorkka, BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi ishida ishtirok etish uchun uchib ketadi.
Imomali Rahmon Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaydi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Avvalroq Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi bugun ochilishi xabar qilingandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham BMT Bosh assambleyasida nutq so‘zlaydi.
Mavzuga oid
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026