12 sentabrda Nyu-Yorkda BMT Boş assambleyasining 72-sessiyasi oçiladi. Birinçi yiğiliş mahalliy vaqt bilan soat 15:00da (Toşkent vaqti bilan 13 sentabr soat 00:00) bölib ötadi.
Yiğilganlar oldida 72-sessiyaning raisi, Slovakiya taşqi işlar vaziri Miroslav Layçak qutlov nutqi bilan çiqiş qiladi. An'anaviy ravişda “duolar va fikrlar uçun” bir daqiqalik sukut saqlanadi. Bundan taşqari, mamlakatlar delegatsiyalari akkreditatsiyasi bilan şuğullanuvçi tuzilma – vakolatlarni tekşiriş qömitasi a'zolarini tayinlaş jarayoni bölib ötadi.
11 sentabrda BMTda Boş assambleya 71-sessiyasining yopilişi marosimi bölib ötdi. BMT boş kotibi Antoniu Guterriş sermahsul iş uçun delegatsiyalarga minnatdorlik bildirgan.












