Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev sentabrda Nyu-Yorkda (AQŞ) BMT Boş assambleyasida nutq sözlaydi.
Ta'kidlab ötiş lozimki, Özbekiston rahbari BMT Boş Assambleyasining umumsiyosiy muhokamasida ilk bora nutq sözlaydi.
Boş Assambleya Nyu-Yorkda 19-25 sentabr kunlari bölib ötadi. Özbekiston rahbari muhokamalarning birinçi kuni çiqiş qiladi.
Tadbirning ilk kuni BMT boş kotibi Antoniu Guterriş va 72-sessiya raisi Miroslav Layçakning nutq sözlaşi bilan boşlanadi. Şu kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp, Armaniston, Afğoniston, Braziliya, Isroil, Polşa va Fransiya prezidentlarining çiqiş qilişi rejalaştirilgan.
BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasi davomida mojarolarning oldini oliş, migratsiya, inson huquqlari himoyasi, barqaror rivojlaniş, iqlim özgarişi va tenglikni ta'minlaş masalalari muhokama etiladi.

















