Boks murabbiyi - Ziyatdinbek Toygonboyev özbek boksi rivojiga katta hissa qöşgan mutaxassislardan biri. “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sport ustozi” unvoni sohibi bölgan Ziyatdinbek - olimpiya öyinlari çempioni Hasanboy Dösmatov, Osiyo çempionlari Sanjar Rahmonov, Şuhrat Abdullayev va yana köplab çempionlarni tarbiyalagan. 

Özbekistonda istiqomat qilib, mamlakat rivojiga munosib hissa qöşayotgan, lekin fuqaroligi bölmagan şaxslarga  fuqarolik pasporti berilişi ularning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlardan töla foydalanişiga imkoniyat yaratmoqda.

Kuni keça Andijon viloyati hokimligida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 15 avgustdagi “Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qiliş töğrisida”gi farmoniga muvofiq bir guruh şaxslarga fuqarolik pasportlari tantanali ravişda topşirildi. Andijon şahridagi sportning yakkakuraş turlariga ixtisoslaşgan bolalar va ösmirlar sport maktabi murabbiyi Ziyatdinbek Toygonboyev ham fuqarolik pasportiga ega böldi

- Mutaxassisligim böyiça işlab davlatimizga, halqimizga xizmat qilayotganimdan faxrlanaman, deydi murabbiy. – Ammo fuqarolik pasportim yöqligi sabab, könglimning bir çeti kemtik edi. Prezidentimizning farmoni tufayli orzum uşaldi, yurtimning tölaqonli fuqarosi böldim. Içimda keçayotgan quvonçni söz bilan ifoda eta olmayman.

Murabbiyni viloyat sport yönalişi mutasaddilari, hamkasblari ham quvonçli voqea bilan tabrikladilar.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon