BAAning Dubay şahrida boks böyiça kattalar örtasidagi IBA Jahon çempionati yakunlandi. Özbekistondan olti nafar boksçi finalgaça yetib keldi va ularning ikki nafari oltin, tört nafari kumuş medallarga ega böldi.

Dastlab -51 kg vazn toifasida ikki karra Olimpiada va jahon çempioni Hasanboy Dösmatov rossiyalik Bair Batlayevga qarşi ringga kötarildi.

Jang töliq davom etdi va unda Hasanboy Dösmatov 4:1 hisobida ğalaba qozondi.

Şu tariqa, Dösmatov ikki karra jahon çempioniga aylandi.

Ikkinçi final bahsida -60 kg vazn toifasida Olimpiada va jahon çempioni Abdumalik Xalokov rossiyalik Vsevolod Şumkovga qarşi ringga çiqdi.

Töliq davom etgan jangda Abdumalik 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani kumuş medal bilan yakunladi.

Yana bir final bahsida -67 kg vazn toifasida Asadxöja Möydinxöjayev Rossiya vakili Yevgeniy Kool ustidan 5:0 hisobida ğalaba qozonib, oltin medalga sazovor böldi.

Asadxöja Möydinxöjayev şu yil sentabrda World Boxing tomonidan ötkazilgan jahon çempionatida oltin medalga sazovor bölgandi.

Musobaqada -80 kg vazn toifasida iştirok etgan Javohir Ummataliyev finalda rossiyalik Jambulat Bijamovga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib, kumuş medal bilan kifoyalandi.

Javohir ham sentabr oyida World Boxing tomonidan ötkazilgan jahon çempionatida oltin medalni qölga kiritgandi.

Jahon çempionatida -92 kg vazn toifasida ringga kötarilgan Törabek Habibullayev rossiyalik Muslim Gajimagomedovdan 0:5 hisobida mağlubiyatga uçradi.

U World Boxing Jahon çempionatida oltin medalga sazovor bölgandi.

Eng oğir (+92 kg) vazn toifasida qatnaşgan Arman Maxanov finalda rossiyalik David Surovga qarşi jang ötkazdi. Murabbiylarimiz 2-raundda jangni töxtatişga qaror qilişdi va Maxanov musobaqani kumuş medal bilan yakunladi.