Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Ulgurji savdoni amalga oşiriş böyiça faoliyatni litsenziyalaştiriş töğrisidagi Nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi Qarori loyihasi muhokamaga taşlandi. Bu haqda Facebook'dagi "Adliya bilan muloqot" guruhida xabar berildi.
Ulgurji savdo bilan şuğullanuvçi korxonalarning Nizom jamğarmasi miqdoriga talablarni 3500 eng kam iş haqidan 1000 minimal iş haqi miqdoriga tuşiriş, Nizom jamğarmasining pul mablağlari hisobiga şakllantiriş qismi uçun talab 1200 minimal iş haqidan 100 EKIHgaça kamaytiriş taklif etilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan, Nizom jamğarmasining miqdori va tarkibiga oid alohida talablarni qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti bilan şuğullanuvçi korxonalarga nisbatan joriy etmaslik taklif qilinmoqda. Ularga nisbatan yuridik şaxslarning nizom jamğarmasiga nisbatan örnatilgan umumiy talablar örnatiladi. Masalan, «Mas'uliyati çeklangan va qöşimça mas'uliyatli jamiyatlar haqida»gi Qonunning 14-moddasiga köra, MÇJlar Nizom jamğarmasi 40 EKIHdan kam bölmasligi belgilab qöyilgan.
Eslatib ötamiz, ilgariroq litsenziyalaştirişning bunday turini bekor qiliş ham taklif etilayotgan edi.
Şuningdek, litsenziya olişda yuridik şaxsni davlat röyxatidan ötkazilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi taqdim etilişi haqidagi talab ham bekor qilinadi.
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi ham mumkin.












